233
turgan VT1 tranzistor orqali uzatiladi (VT2 tranzistor berk
boʻladi), agar
A=1
boʻlsa, u holda, A kirishga berilayotgan potentsial chiqishga ochiq
turgan VT2 tranzistor orqali uzatiladi (VT1 tranzistor berk
boʻladi). B=0
boʻlsa ikkala tranzsitor berk boʻladi, ya’ni chiqish uzilgan boʻladi.
Shunday qilib, mazkur sxema uchta holat (0,1 va uzilgan)ga ega
boʻlgan
funktsiyani amalga oshiradi. Kalit VT3 va VT4 tranzistorlarda
bajarilgan KMDYA-invertor orqali boshqariladi. Agar boshqaruvchi
kirishga yuqori daraja kuchlanishi (mantiqiy 1) berilsa, ikkitomonli kalit
berkiladi va pastki tranzistorlar juftligi (ventillar) ikkitomonlama
yoʻnalgan uncha katta boʻlmagan rezistorga (yuzlab Om) aylanadi. Bu
ventil yuqori darajadagi chiziqlikda ham analog, ham raqamli signallarni
uzitilish mumkin. Kirishga past boshqaruv kuchlanishi berilsa (mantiqiy
0) pastdagi ikkita tranzistor berk
boʻladi va sxemaning chiqishi bilan
kirishi orasidagi qarshilik 50-100 MOm ga yetadi.
8.5-rasmda umumiy maqsadlarga m
oʻljallangan 8-razryadli
ma’lumotolarni parallel uzatishni amalga oshiruvchi shinali shakllantir-
gich tuzilma sxemasi keltirilgan. Adabiyotlarda shinali shakllantirgich
shinali drayver yoki adapterlar deb ham keltiriladi.