240
yuqori tezkorlikda ishlaydigan markaziy protsessor kichik tezlikda
ishlaydigan PQ bilan moslashish muammosi yechiladi.
Markaziy protsessor va kiritish-chiqarish
qurilmalari
oʻrtasidagi
ma’luot quyidagilarni
oʻz ichiga oladi:
1) tizim holati haqidagi boshqaruv siganllari va axborot;
2)
markaziy
parotsessor
tomonidan
qayta
ishlanayotgan
ma’lumotlar.
Xotira va PQ
oʻrtasida ma’lumotlar uzatish ikki usulda amalga
oshirilishi mumkin:
1) markaziy protsessor orqali ma’lumotlar
shinasi
boʻyicha dastur
boshqaruvi asosida;
2)
markaziy
protsessor
ishtirokisiz,
ma’lumotlar
tashqi
(yordamchi) xotirada joylashgan
boʻlsa.
Kiritish-chiqarishlarni
tashkil
etishning
umumiy
maqsadid
shundaki, talab etilayotgan boshqaruv signallari va tizim holati haqidagi
signallarni, hamda ma’lumotlarni uzatishni ta’minlovchi komandalar
ketma-ketligini avvaldan dasturlashdir. Markaziy protsessor qurilmasi
mikrokontroller
ishini boshqaruvchi qurilma
boʻlib, u shunday
dasturlangan
boʻlishi kerakki, keyingi hodisalarni avvaldan bashorat
qilgan holda interfeys adapterlari ishi
toʻgʻri tashkil etilsin:
1). Kiritish-chiqarish komandalarini bajarishdan oldin uzilishlarni
t
oʻxtatish va ular bajarib boʻlingach yana uzilishlarga ruxsat berish.
Dasturchi e’tiborsizligi natijasida bu shart oson buzilshi mumkin. Bunda
interfeys adapterlari dastlabki kutish holatiga
qaytmasligi va Natijada,
tizim ishida fojialarga olib kelishi mumkin.
2). Markaziy protsessordan har interfeys adapteriga mos
operatsiyalarni bajarish uchun komandalarning uzatilishi.
Markaziy
protsessor qurilmasi xotiradan interfeys adapterir registriga ma’lumotlar
uzatadi. Adapter bu ma’lumotlarni komandalar kabi dekodlaydi va
qanday operatsiyalarni qanday rejimda bajarish lozimligini aniqlaydi.
Soʻngra adapterga boshqaruv liniyasi orqali markaziy protsessor “start”
komandasini uzatadi.
3). Interfeys adapteri tomonidan markaziy protsessor qurilmasiga
operatsiya tugatilganligi haqida «bayroqcha» uzatish.
Muhim xulosa
– barcha turdagi interfeys adapterlarining ish
tamoyili va dasturlanishi
oʻxshash.
Quyidagi keltirilgan keng
qoʻllaniladigan interfeyslarga misollar oʻquvchiga bu qurilmalar haqida
yaxshi ta’ssurotlar beradi degan umiddamiz.