O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi




Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/258
Sana17.05.2024
Hajmi6,22 Mb.
#239912
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   258
Bog'liq
elektronika

8.8-rasm.
Kiritish-chiqarish uchun boshqaruv signallari. 
Haqiqatda esa, mikroprotsessorli tizimnig barcha komponentlari, 
shu bilan birga kiritish-chiqarish modullari ham yuqori keltirilgandan 
koʻra murakkab tuzilmaga ega. Mikroprotsessorli tizimning real 
komponentlari funktsional tugallangan sxemalar 
boʻlib, har bir ishlab 
chiqaruvchi firma uchun 
oʻziga xosdir. Misol tariqasida 8.9-rasmda 
AVR seriyasiga mansub kiritish-chiqarish porti sxemasi keltirilgan. 
Kiritish-chiqarish 
portlari 
tashqi 
qurilmalr 
bilan 
axborot 
almashinish uchun xizmat qiladi. Portlar t
oʻliq va toʻliq emas shaklda 
bajarilishi mumkin. Agar t
oʻliq port 8 ta razryadga ega boʻlsa, toʻliq 
boʻlmagan portda bu razryadlarning hammasi ham ishtirok etmasligi 
mumkin. Har bir port 
oʻz nomiga ega. Mikrokontroller yettitagacha 
kiritish-chiqarish portiga ega 
boʻlishi mumkin va ularning barchasi A 
dan G gacha 
boʻlgan logincha harflari bilan nomlanadi. 
Har bir kiritish-chiqarish portini boshqarish uchun uchta maxsus 
registr 
qoʻllaniladi. AVR seriyasiga mansub mikrokontrollerlarda bu 
registrlar PORTx, DDRx va PINx deb belgilanadi. Bu yerda x-aniq harf-
port nomi tushuniladi. Masalan A porti uchun boshqaruv registrlari 
quyidagicha nomlanadi: PORTA, DDRA va PINA. 
PORTx – ma’lumotlar registri (mikrokontrollyerdan axborotni 
chiqarish uchun ishlatiladi). 
DDRx – axborot uzatish 
yoʻnalishini koʻrsatuvchi registr. 
PINx – tashqi qurilmadan axborot kiritish registri. 
Koʻrsatilgan registrlarning alohida razryadlari ham oʻz nomiga 
ega. PORTx registr razryadlari Pxn deb nomlanadi. Bu yerda n - razryad 
raqami. Masalan, PORTA registr razryadlari quyidagicha nomlanadi: 
PA0, PA1, PA2 – PA7. 


244 
DDRx port razryadlari DDxn deb nomlanadi (A porti uchun 
DDA0, DDA1 – DDA7) 
PINx port razryadlari PINxn deb nomlanadi (A porti uchun 
PINA0, PINA1 – PINA7). 
Boshqa portlar uchun A harfi mos ravishda B, C, D, E, F, G 
harflarga almashtiriladi. 
8.9-rasmda kiritish-chiqarish portining bitta razryadining universal 
qismining funktsionla sxemasi keltirilgan. Sxema ishini batafsil 
koʻrib 
oʻtmaymiz. U port ishi haqida axborot beradi. 
Bunday tuzilmaga ega 
boʻlgan ixtiyoriy kiritish-chiqarish porti 
shunday tuzilganki, uning har bir razryadi ham kiritish uchun, hami 
chiqarish uchun ishlashi mumkin. DDRx registri bu sh rejimlarini 
oʻzgartirish uchun xizmat qiladi. DDRx registrining har bir razryadi oʻz 
portidagi razryadlarini boshqaradi. Agar DDRx registrining biror 
razryadida 0 yozilgan 
boʻlsa, demak portning shu razryadi kirish sifatida 
ishlaydi. BOSHQARUV SHINASI 

Download 6,22 Mb.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   258




Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish