248
formatga va aksincha. Ikkinchidan, PQga mos ma’lumotlar almashish
rejimini tashkil etish lozim: sinxron yoki asinxron. Ma’lumotlarni
sinxron uzatishda signallar takt impulslari kelishi
bilan sinxron amalga
oshiriladi. Ma’lumotlarni asinxron uzatishda signallar ma’lum uzatish
formatlari bilan maxsus vaqt
boʻyicha sinxronlash qoʻllaniladi.
Misol ta’riqasida
K
harfini ASCII kodi (ma’lumotlar almashinish
uchun Amerika standart kodi) yordamida asinxron
liniyadan uzatishni
koʻrib chiqamiz. Asinxron liniya orqali aloqa signalining keng
qoʻllaniladigan formati 8.12-rasmda keltirilgan.
Mazkur format asinxron uzatish uchun m
oʻljallangan boʻlgani
uchun, uzatilayotgan signal boshi va oxirini belgilash uchun ikkita start
va ikkita stop biti ishlatiladi.
Koʻp hollarda start bitlari qabulqilgichning
takt generatorini
ishga tushirish uchun, stop bitlari esa uni t
oʻxtatish
uchun
qoʻllaniladi.
8.12-rasm.
Ma’lumotlarni asinxron uzatishda
qoʻllaniladigan simvol
formati.
Yuqori egiluvchan ishlashi uchun zamonaviy aloqa interfeyslarida
quyidagi dasturiy-boshqaruv vositalari k
oʻzda tutilgan:
1) mustaqil qabuli qilish va uzatish registratorlari;
2) sinxron va asinxron ish rejimi;
3)
uzatish tezligiga karrali
boʻlgan takt signallar chastotasini
tanlash;
4) uzunligi 5-9 bit va 1 yoki 2-stop bitli kadrlarni uzatish;
5) ichki va tashqi sinxronizatsiya;
6) kadrlashda xatoliklarni aniqlash va ma’ulmotlar t
oʻlib ketishi va
x.k.
Quyida ketma-ketli interfeys USART ning ishlash tamoyili
koʻrib
chiqilgan: