242
Kiritish-chiqarish portlari
PQ qurilmasi kontrollleri negizini bir necha registrlar tashkil etadi.
Ular axborotni vaqtincha saqlab turish uchun xizmat qiladilar. Har bir
registr
oʻz adresiga ega boʻlib
kiritish-chiqarish portlari
deb ataladi.
Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish registrlari mos ravishda
oʻqish va
yozish rejimlarida ishlaydilar. Holatlar registri faqat
oʻqish rejimida
ishga tushadi va PQning joriy holati haqidagi ma’ulmotni
oʻzida
saqlaydi (ulangan/uzilgan, ma’lumotlar almashishga tayyor/tayyor emas
va x.k.). boshqaruv registri faqat yozish rejimida ishlaydi va markaziy
protsessordan PQ uchun buyruqlar qabul qilish uchun xizmat qiladi.
PQ kontrollerining boshqaruv mantiqi kontroller adres registrlari
selektsiyasi, qabul qilish, qayta ishlash va
tizim interfeysi uchun
boshqaruv siganllarini shakllantirish funktsiyalarini bajaradi va bu bilan
kontrller registrlari bilan MK tizimli interfeysi ma’lumotlar shinasi
oʻrtasida axborot almashinuvini ta’minlaydi.
Adreslar va ma’lumotlar shinalari qabulqilgich-uzatgichlari
(buferlar) kontrollerning elektron sxemalarinitizimli interfeysning mos
shinalariga fizik ulash uchun xizmat qiladilar. 8.7-rasmda MK
kiritish-
chiqarish portining blok-sxemasi keltirlgan. Bunday port ma’lumotlar
shinasiga keyinchalik ularni uzatishu chun va adreslar shinasiga uni
identifikatsiya qilish uchun ulangan
boʻlishi lozim. Sodda
holda
markaziy protsessor qurilmasi chiqarish qurilmasiga boshqaruvchi shina
orqali uchta signal uzatadi. Sinxrosignal F qurilmani mikroprotsessorli
tizimning boshqa bloklari blina sinxronlash uchun xizmat qiladi.
OʻQISH/YOZISH signali ma’lumotlarni uzatilish yoʻnalishlarini
belgilash uchun xizmat qiladi. RUXSAT signali axborotlar ma’lumotlar
shinasiga kelib tushishini boshqaradi. Kiritish-chiqarish porti
mikroprotsessordan uzilishlar uchun ruxsat signali yordamida
ma’lumotlarni
uzatish
boʻyicha harakatlarni boshlashga ruxsat soʻraydi.
8.8-rasmda sodda kiritish-chiqarish porti boshqaruv vurilmasining
blok-sxemasi keltirilgan. Uning markaziy protsessor qurilmasi bilan
sinxron
ishlashi UZILISHLARNI S
OʻRASH va RUXSAT signallari
almashinuvi bilan amalga oshiriladi. Bu vaqtda, ya’ni
kiritish-chiqarish
moduli va PQ ishi vaqtida ular S
OʻROV va JAVOB signallari
yordamida sinxronlanadi.
Ma’lumotlar qabul
qilishni s
oʻrash (RUXSAT) markaziy
protsessor qurilmadan PQga S
OʻROV liniyasi orqali uzatiladi. Agar PQ
mazkur vazifalarni bajarishga tayyor
boʻlsa u JAVOB signalini
liniya
243
orqali uzatadi. Bu signal MPQga uzilishlarni s
oʻrash lliniyasi orqali
uzatiladi.