|
Oʻrnatilagn taymerlar/hisoblagichlar Pdf ko'rish
|
bet | 151/258 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 6,22 Mb. | | #239912 |
Bog'liq elektronikaOʻrnatilagn taymerlar/hisoblagichlar.
Taymerlar deb turli vaqt
intervallarini shakllantirish uchun m
oʻljallangan sxemalarga aytiladi.
Taymerlar chastota
boʻlgichlar, hisoblagichlar sifatida bir xil elementlar
triggerlar ishlatiladi. Triggerlarni maxsus ulanishi evaziga ular turli
funktsialarni bajaradilar. Mikrokontrollerlar 1 – 4 taymer/hisoblagichni
oʻz ichiga olish mumkin.
Keng-impulsli modulyatsiyali (KIM) signallar generatori
.
Inglizcha Pulse Width Modulation (PWM). KIM signallar generatsiyasi
taymer/hisoblagichlarning ish rejimlaridan biridir. Generator berilgan
vaqt oraliqlarini shakllantirishga imokn beradi (real vaqt rejimida ishlash
uchun), hamda davriy signallar generatori sifatida xizmat qilishi ham
mumkin.
Analog komparator
. Barcha zamonaviy mikrokontrollerlar
tarkibiga kiradi. Koparator uning
toʻgʻri va invers kirishlaridagi kuch-
lanishlarni solishtiradi. Komparator chiqishidagi signal taymer
/hisoblagichning boshqarish signali, yoki maxsus uzilishlar – analog
komparator ishga tushishi bilan bogshlanadigan uzilishlarni chaqirish
uchun
qoʻllanilishi mumkin.
Analog-raqamli
oʻzgartirgich (AROʻ
) analog signalni (masalan,
elektr kuchlanishni) son kodiga
oʻzgartirish uchun xizmat qiladi. uning
kirishida qayta ulanish tizimi (analog multipleksor) turadi. Shuning
uchun
AROʻ bir nechta turli analog signal manbalariga ulanishi mumkin.
Raqamli-analog
oʻzgartirgich (RAOʻ)
sonni unga proportsioanl
boʻlgan elektr kuchlanish, tok yoki boshqalar koʻrinishidagi analog
kattalikka aylantirishga m
oʻljallangan. Raqamli axborot koʻp hollarda
oʻzgartirilayotgan sonning parallel kodi, analog axborot esa, axborot
tashuvchi kattalikning bitta signali
koʻrinishida ifodalanadi.
|
| |