231
8.7. Xotiraga
toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish rejimi
Bu rejim xotiradan katta hajmdagi axborotni
oʻqish yoki yozish
talab etilgan holatlarda ishlash jarayonini tezlatish uchun
qoʻllaniladi.
Masalan, matnnni tezkort printyerdan chiqarish.
Agar matn oddiy
rejimda chiqarilsa, u holda, barcha mikroprotsessorli tizimni asosiy ish
tamoyiliga
koʻra avval ma’lum dasturosti
yozilishi va u xotiradagi
ma’lumotlarni printer portiga baytma-bayt
oʻqishi talab etiladi. har bir
baytni
oʻqish uchun protsessor 3 – 4 ta komandani bajarishi lozim. Agar
printer tezkor
boʻlsa, u holda, printer talab etilayotgshan pechat tezligini
ta’minlamasligi mumkin.
Mazkur holatldarda xotirga
toʻgʻridan-toʻgʻri
murojaat qilish
qoʻllaniladi.
Mazkur rejimni amalga oshirish uchun mikroprotsessorli tizim
oʻz
tarkibida maxsus qurilma –
xotiraga
toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat
kontrolleri
ga (XTTMK) ega
boʻlishi lozim. Bu rejimda mikroprotsessor
adres va ma’lumotlar shinasidan uziladi va ularni operativ xotira bilan
bevosita ma’lumotlar almashish uchun (mikroprotsessor ishtirokisiz) PQ
ixtiyoriga beradi. Bu vaqtda almashish XTTMK
kontrollerit tomonidan
tashkil etiladi. Bu rejimda PQ operativ xotira bilan yagona ma’lumotlar
bilan emas, balki katta ma’lumotlar bloki bilan almashadilar. XTTMK
kontrolllerida avvaldan almashinish bilan boshqarish uchun talab
etiladigan axborotlar (birinchi
boʻlib almashinishi talab etilayotgan soʻz
joylashgan OXQ yacheykasi adresi, blokdagi s
oʻzlar soni va boshqalar)
kiritiladi. Almashish jarayonida XTTMK kontrolleri
adreslar shinasiga
OXQ yacheykasi adresini uzatadi, OXQ va PQ
oʻrtasida soʻzlar uzatish
tugagach ma’lumotlar shinasi orqali adres shinasiga uzatiladigan
keyingi XTTMK adres qiymatini bittaga oshiradi. Belgilangan
miqdordagi s
oʻzlar uzatib boʻlingach XTTMK kontrolleri almashinuvni
t
oʻxtatadi va mikroprotsessorni bundan xabardor qiladi. mkiroprotsessor
esa adres va ma’ulmotlar shinasi bilan
aloqani tiklaydi va dastur
bajarilishini davom ettiradi.