217
8.1-rasm.
Mikrokontrollerning tuzilma sxemasi.
Boshqaruv qurilmasi
MPQ registrlaridan
foydalanib xotira,
kirish-chiqish qurimalsi va AMQlar
oʻrtasida axborot almashishini
boshqaradi. Shu bilan bir qatorda AMQda operatsiyalar bajarilishini
ham boshqaradi.
MPQ registrlari
oraliq hisoblash natijalarini va turli boshqaruv
axborotlarini saqlash uchun hizmat qiladi. AMQ ikkilik sanoq tizimidagi
ma’lumotlar ustidan barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi.
Soʻngra operatsiya natijasini son (raqam) koʻrinishida qaytaradi. Mazkur
sonlar umumiy maqsadlarga m
oʻljallangan registrlarga oʻziga xos
vaqtincha xotiraga joylashtiriladi.
Xotira turlari
MK axborotlarni saqlash uchun ikki turdagi xotiraga ega – OXQ
(ma’lumotlar) va DXQ (dasturlar). Xotiraning ikki turi yacheykalar
majmuidan
tashkil topgan
boʻlib, har yacheykadan faqat bitta ikkilik
son saqlanishi mumkin («0» yoki «1»). OXQsiga yozilgan axborot
manbadan ta’minot kuchlanishi berilgan muddatda saqlanib turadi.
Bugungi kunga kelib keng tarqalgan OXQsining bunday tuzilish
texnologiyasi – dinamik xotira deb ataladi.
Dinamki xotiraga ega
boʻlgan mikrosxemalarda axborot saqlash dinamik zaryadlanadigan
miniatyur kondensatorlar yordamida amalga oishirladi. Ular kremniy
kristallida integral
koʻrinishda bajariladi.
AMQ bajaradigan komandalar, aniqr
ogʻi komandalar ketma-ketligi
doimiy xotira qurilmasi (DXQ)da saqlanadi. Zamonaviy mikrokontrol-
lerlarning t
oʻliq dasturiy xotirasi Flash texnologiyasida
bajariladi va
kristallga joylashtirildai. U 16-razryadli yacheykalar ketma-ketligi
boʻlib, kristall turiga bogʻliq ravishda 512 soʻzdan 64 K soʻzgacha
hajmga ega. Flash-xotirada, dasturlardan tashqari, zarur
oʻzgarmas
218
ma’lumotlar – turli konstantalar, jadvallar va x.k. ham yozilishi mumkin.
FLASH
texnologiyasining afzalligi
boʻlib yuqori zichlik darajasi,
kamchiligi
boʻlib esa, alohida yacheykalarni oʻchira olmaslik xossasi
hisoblanadi. Shu sababli dasturdagi xotira doim t
oʻliq oʻchiriladi.
Ma’lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun MKlar energiyaga
bogʻliq boʻlmagan iski xotira EEPROM ga ega (0 dan 4 K baytgacha).
Bu xotira ham Flash texnologiyasida bajariladi va
FLASH ga nisbatan
kichik hajmga ega. Lekin bunda yachekalarni baytlar
boʻyicha qayta
yozish imkoni mavjud. MKning energiyaga
bogʻliq boʻlmagan
xotira
bloklarini (Flash va EEPROM) dasturlash SPI (Serial Peripheral
Interface) interfeysi orqali ham parallel, ham ketma-ket amalga
oshirilishi mumkin. EEPROM – ajoyib xotira. Shuning uchun MPQning
bu xotirasiga mikrokontroller boshqa xotira qurilmalariga kabi murojaat
qilmaydi, balki har bir periferiya tugunida mavjud
boʻlgan kirish-chiqish
registrlari yordamida murojaat qiladi. EEPROM xotirasi 256 baytdan
kichik
boʻlgan mikrokontrollerlarda bunday registrlar atigi uchta.