axborotni qabul qilish, saqlash, qayta




Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/258
Sana17.05.2024
Hajmi6,22 Mb.
#239912
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   258
Bog'liq
elektronika

axborotni qabul qilish, saqlash, qayta 
ishlash va uzatish
ni amalga oshiradilar. Tabiiyki, namunaviy 
mikrokontroller tuzilmasi tarkibiga yuqorida qayd etigan funktsiyalarni 
bajaradigan qurilmalar kiradi. 


216 
Zamonaviy mikrokontrollerninng namunaviy tuzilmasi 8.1-rasmda 
keltirilgan. U quyidagilarni 
oʻz ichiga oladi: 
1.
Markaziy protsessorli qurilma (MPQ). 
2.
Tezkor (operativ) xotira qurilmasi (OXQ). 
3.
Doimiy xotira qurilmasi (DXQ). 
4.
Kiritish-chiqarish portlari. 
Yuqorida keltirilgan elementlardan tashqari, mikrokontrollerlar 
albatta, periferiya qurilmalari deb ataluvchi majmuaga ham ega 
boʻladi. 
Ular mikrokontroller MPQ ga nisbatan perifiriya hisoblanadi, lekin 
mikrosxema tarkibida joylashganlari ham mavjud. Periferiya qurilmalari 
axborotni tashqi qayta ishlashini amalga oshiradilar (markaziy 
protsessor tomonidan bajarilayotgan ma’lumot 
oʻzgartirishlardan 
tashqari). Bunday qurilmalarni uch guruhga ajratish mumkin: 
-
inson va mikroEHM 
oʻrtasidagi aloqa qurilmalar (turli 
klaviaturalar, indikatorlar), simvolli va grafik displeylar va x.k.); 
-
boshqaruv obyektlari bilan aloqa qiluvchi qurilmalar (turli 
datchiklar va ijro organlari, hamda datchiklardan kelayotgan uzluksiz 
signallarni raqamli signallarga va ma’lumotni ijro organlariga uzatishda 
teskari 
oʻzgartirishni amalga oshirish uchun); 
-
katta hajmdagi tashqi xotira qurilmalari. 
Mikrokontroller unga kiritilgan dastur asosida ishlaydi, dastur esa 
dasturchi tomonidan tuziladi. Periferiya modullarining soni MK 
imkoniyatlarini hamda uning narhini belgilaydi. Boshqaruv dasturi ichki 
DXQda saqlanadi. Dasturni 
oʻchirish va modifikatsiyalash qulay, chunki 
zamonaviy MKlar 
koʻp marta qayta yoziluvchi flesh-xotiraga ega. 
Dasturlash uchun odatda, ISP (In-System Programming) interfeysi 
ishlatiladi. Bu interfeys MKni bosma plata panelidan sug‘urib olishni 
talab etmaydi. MPQ registrlarni dastlabki 
oʻrnatish RESET signali orqali 
amalga oshiriladi. 

Download 6,22 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   258




Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish