206
Sodda amallar ketma-
ketligi koʻrinishida ifodalangan masalalarni
avtomatik ravishda yechish uchun, berilganlarni, oraliq va olingan
hisoblash natijalarini saqlashga, hamda oddiy amallarni bajarish tartibi
haqidagi ma’lumotlarni saqlashga imkon beruvchi qurilma talab etiladi.
Bunday qurilma
xotira
deb ataladi.
Barcha turdagi A
MQlar uchun ayiruv, mantiqiy koʻpaytiruv,
mantiqiy qoʻshuv, istisnoli YOKI, inversiya, oʻngga siljish, chapga
siljish, musbat orttirma (inkriment), manfiy orttirma (dekrement)
arifmetik amallarini bajarish
majburiy
hisoblanadi. Majburiy amallar
apparat vositalari
yordamida amalga oshiriladi, ya’ni talab etilgan ishni
bajarish uchun ma’lumotlar ma’lum mikros
xemalardan oʻtishi kerak.
Majburiy amallar sodda amallar deb ataladi. AMQlar arifmetik
koʻpaytiruv va boʻluv kabi nisbatan murakkab amallarni bajarmaydi.
Shuning uchun bu amallar sodda amallarning dasturiy kombinatsiyasi
yordamida bajariladi. Bu usul amallarni bajarishning
mikrodasturiy
usuli deb ataladi. AMQlar EHMning asosiy tugunlaridan hisoblanadi.
AMQlar 2-,4-,8-,16-razryadli amallarni bajaruvchi alohida
mikrosxemalar yoki KISlar tarkibida ishlab chiqariladi.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan AMQ mikrosxemalari ikkita
oʻzgaruvchi ustidan 16 ta mantiqiy va ularga mos keluvchi 16 ta
ar
ifmetik amallarni bajaruvchi toʻliq majmuadan tashkil topgan.
Ularning roʻyhati 7.1-jadvalda keltirilgan. AMQ koʻp turli amallarni
baja
rishga moʻljallangani bilan, koʻproq arifmetik qoʻshuv va ayiruv
(45% gacha) va arifmetik koʻpaytiruv (50% gacha) amallarini bajaradi.
Eng
koʻp qoʻllaniladigan 8 yoki 4 ta mantiqiy amallar:
konyunksiya, dizyunksiya, inversiya, istisnoli YOKI va h.k., va ularga
mos keluvchi arifmetik amallarni bajaruvchi AMQlar qam ishlab
chiqariladi.