201
kerakli ustunni tanlashga javob beradi. Shuning uchun adres so
ʻzining
kichik va katta razryadlari ISning aynan bir kirishlariga navbatma-
navbat beriladi. Kirishiga past darajali signal berilgach, adres
kirishlariga sakkizta kichik razryadli adres so
ʻzlari beriladi, ular oʻz
navbatida EXE matritsasidan kerakli qatorni tanlaydi. Bundan so
ʻng past
darajali kuchlanish qiymati kirishiga uzatiladi, adres chiqishlarida esa
sakkizta katta razryadli adres so
ʻzlari shakllanib, ular oʻz navbatida EXE
matritsasidan kerakli ustunni tanlaydi. Bunday tuzilmali dinamik OXQ
IS statik OXQ ISga nisbatan kichik tezkorlikka ega.