O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi




Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/258
Sana17.05.2024
Hajmi6,22 Mb.
#239912
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   258
Bog'liq
elektronika

maydoniy tranzistorlar
ning qoʻlanilishi 
yuqori elementlar integratsiyasiga erishishga, tannarh va iste’mol 
quvvatini kamaytirishga olib keladi. Lekin bu vaqtda OXQ tezkorligi 
pasayadi. 
Maydoniy tranzistorlar asosidagi EXE prinsipial elektr sxemasi 
6.4-rasmda keltirlgan. U yuklamasi MDYA-tranzistorlarda bajarilgan 
kalit sxemasi asosidagi ikkita invertordan tashkil topgan. Musbat teskari 
aloqa zanjiri kiritilishi natijasida invertorlar trigger tuzilmasini hosil 
qiladi. Trigger chiqishlari juft bo
ʻlib ketma-ket ulangan R1 va R2 
cheklovchi rezistorlar hamda VT5 va VT6 tranzistorlar orqali EXEning 
P
1
va P
2
chiqishlari bilan ulangan. VT5 va VT6 tranzistorlarning 
umumlashgan zatvorlari CS tanlov elementi chiqishini hosil qiladilar. 
Deylik, ma’lum vaqt momentida VT1 tranzistor ulangan, VT2 esa 
berk boʻlsin. Agar tanlov kirishiga VT5 va VT6 tranzistorlarni berkitish 
uchun etarli boʻlmagan kuchlanish berilsa, trigger EXEning P
1
va P
2
chiqishlaridan uzilgan boʻladi. Bu vaqtda shu kirishlarda ma’lumot 
ma
vjud boʻlmaydi. EXE saqlash rejimida boʻladi va bu holat keragicha 
davom etishi mumkin. 
Agar tanlov kirishiga VT5 va VT6 tranzistorlarni berkitish uchun 
etarli boʻlgan kuchlanish berilsa, triggerning chiqishlarida unga avval 
yozilgan ma’lumot hosil boʻladi. Bizning misolda EXEning P
1
chiqishida past darajali, P
2
chiqishida esa yuqori darajali kuchlanish 
hosil boʻladi. Bu kuchlanishlar ISning oʻqish kuchaytirgichilarining 
ichki shinalariga ulangan deb hisoblanadi.


196 
Yangi ma’lumot yozish uchun kerak element tanlash sharti 
qo
ʻyilganda P
1
va P
2
chiqishlarda kuchaytirgich tomonidan yangi
kuchla
nish qiymatlari shakllanadi. Koʻrilayotgan misolda avval yozilgan 
ma’lumotni oʻzgartirish uchun P
1
chiqishiga yuqori darajali, P
2
chiqishiga esa past darajali kuchlanish berish kerak. Past kuchlanish 
darajasi VT2 tranzistorni shuntlab, VT1ning zatvoridan uni ulangan 
holatda ushlab turuvchi kuchlanish qiymatini oladi, bu vaqtda VT1 
berkiladi. Uning stokidagi kuchlanish VT2ning ochilish kuchlanish 
qiymatigacha ortadi. Natijada, VT2 ochiladi va bu bilan VT1ning berk 
holatini tasdiqlaydi. Triggerga yangi ma’lumot yoziladi va u navbatdagi 
qayta yozish momentigacha saqlanadi.

Download 6,22 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   258




Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish