193
har biri uning qoʻllanish soqasini belgilab beradigan afzallik va
kamchiliklariga ega.
Operativ xotiraning ishlash prinsipi
. Eng kichik xotira elementi-
bit
yoki r
azryad eng kichik hajmga ega boʻlgan ma’lumot – bitta ikkilik
sanoq tizimidagi raqamni saqlashga qodir. Bit –
bu juda kichik
ma’lumot birligi, shuning uchun xotirada bitlar baytlarga – sakkizta
bitlarga birlashadi va xotira yacheykalari deb ataladi. Barcha xotira
yacheykalari raqamlangan boʻlib, xotira adresi (manzili) deb ataladi.
Yacheyka adresini bilgan holda asosiy ikkita amalni bajarish mumkin:
1) ma’lum adr
esdagi yacheykadan ma’lumotni oʻqish;
2) ma’lum a
dresga ma’lumotlarni baytlar koʻrinishida yozish.
Koʻrsatilgan amallardan birini
bajarish uchun, protsessordan
xotiraga yacheyka adresi koʻrsatilishi kerak va baytlar koʻrinishidagi
ma’lumotlar yozish
uchun
protsessordan xotiraga, yoki oʻqish uchun
xotiradan protsessorga uzatilishi kerak. Barcha signallar shinalarga
birikkan simlar orqali uzatilishi kerak.
Manzil shinasidan xotira yacheyka adresi, ma’lumotlar shinasidan
esa- uzatilayotgan ma’lumotlar uzatiladi. Odatda,, bu jarayonlar bir
vaqtda amalga oshiriladi.
OXQlar ishlashi uchun 3 ta signal va mos ravishda 3 ta sim
qoʻllaniladi. Birinchi signal oʻqishga ruhsat
deb ataladi, agar bu signal
qabul qilinsa xotiradan bayt
koʻrinishidagi ma’lumot oʻqiladi. Ikkinchi
signal yozishga ruhsat deb ataladi va bu signal olingach bayt xotiraga
yoziladi. Bir vaqtning oʻzida ikkala signal uzatilishi mumkin emas.
Uchinchi signal – tayyorgarlik signali deb ataladi va
xotira protsessorga
murojaat qilib, buyruqlarni bajarishga tayyor yoki tayyor emasligini
bildirish uchun ishlatiladi.