194
chiqishini hosil qiladilar va
umumiy shinaga o
ʻqish kuchaytirgichining
kirish qarshiliklari orqali ulangan.
6.3-rasm.
Bipolyar tranzistorlar asosida bajarilgan
EXE prinsipial elektr sxemasi.
Saqlash rejimida EXEning bitta yoki ikkala (CS1, CS2) tanlov
kirishiga past darajadagi kuchlanish qiymati beriladi. Bu vaqtda
invertorlar yordamida hosil qilin
gan trigger turgʻun
golatlardan birida
bo
ʻladi. Deylik, VT1 toʻyingan, VT2 berk boʻlsin. Toʻyingan VT1ning
toʻliq toki elemetning tanlov kirishlaridan biri orqali umumiy shinaga
birikadi. Shuning uchun P
1
chiqish zanjirida tok mavjud boʻlmaydi va
EXEdan ma
’lumot oʻqish kuchaytirgichi kirishiga kelib tushmaydi
(
0
КUCH.KIR.
=
R
U
).
Ma’lumotni oʻqish uchun elementning ikkala tanlov kirishiga
yuqori
darajali ku
chlanish berish kerak. Bunda toʻyingan tranzistorning
y
agona toki oqib oʻtish yoʻli boʻlib EXEning P
1
chiqishi hisoblanadi.
Bu tok
oʻqish kuchaytirgichining kirish qarshiligida kuchlanish hosil
qiladi va uning ishorasi elementga yozilgan ma’lumot ishorasiga mos
keladi. Shuni ta’kidlash kerak-
ki, elementdan ma’lumot oʻqish
jarayonida u yoʻqolmaydi. EXEning bitta yoki ikkala (CS1, CS2) tanlov
kirishiga
past darajadagi kuchl
anish qiymati berilsa trigger oʻz holatini
saqlab qoladi.
Elementga yangi
ma’lumot kiritish zarurati tugʻilsa, yana uning
kirishlariga
dastlab
tanlov signallari beriladi. Soʻngra tasqi shinalarda
yangi ma’lumotga mos
keluvchi kuchlanish ishorasi oʻrnatiladi.
Koʻrilayotgan holat uchun P
1
chiqishga
yuqori darajali kuchlanish, P
2
ga
esa, past darajadagi kuchlanish beriladi. Bunda VT1 tranzistori emitter
195
toki zanjiri uzilgan boʻlganligi sababli, uning kollektorida yuqori
darajali kuchlanish shakl
lanadi. Bu kuchlanish VT2 ni toʻyintiradi, u esa
oʻz navbatida kollektorda past darajali kuchlanish shakllantirib VT1
tranzistorning berk holatini tasdiqlaydi. EXEda yangi ma’lumot
yoziladi. Elementdan tanlov signallari olib tashlansa, yangi ma’lumot
triggyerda navbatdagi ma’lumot yozilguncha saqlanadi.
Shunday qilib, koʻrib chiqilayotgan EXEga yangi ma’lumot
kiritish kirish kuchlanishining yuqori qiymatlarida amalga oshiriladi.
Elementning koʻrib oʻtilgan tuzilishi, birinchidan, ixtiyoriy
sondagi element chiqishlarini
parallel ulash, ikkinchidan, chiqishlarni
ham yozish, ham oʻqish uchun ishlatish imkonini beradi. Shuni alohida
ta’kidlab oʻtish kerak-ki, mazkur holda ikkinchi tanlov kirishining
shakllanishi eng kam harajat asosida bajarilgan va xotira
elementini
murakkablashib ketishiga olib kelmaydi.
OXQlar statik EXElarida