205
VII BOB
ARIFMETIK-MANTIQIY QURILMALAR
7.1. Umumiy ma’lumotlar
Raqamli mikrosxemalar fan va texnikaning ixtiyoriy masalasini
echa oladilar. Buning uchun raqamli mikrosxema asosidagi qurilmada,
yechiladigan masalaning dastlab berilganlari haqidagi ma’lumotlar,
yechish algoritmi va hisoblash natijalari faqat ikkita qiymat: 0 va 1
signallari ko
ʻrinishida ifodalanadi. Ikkilik raqamlari
ketma-ketligi
yordamida raqamli qurilmalarda ixtiyoriy ma’lumolarni (raqamlar,
matnlar, komandalar va h.k.) kodlash, saqlash va qayta ishlash mumkin.
Shun
day qilib, raqamli tizimlarda oʻzgaruvchan va oʻzgarmas (doimiy)
kattaliklar raqamlar koʻrinishida ifodalanadi. Shuning uchun ularda
masalala
r yechishning sonli usullari qoʻllaniladi.
Masala yechishning sonli usuli – bu sonlar ustida bajariladigan
arifmetik amallar (operatsiyalar) ketma-ketligidir. Yechilishi
talab
etilayotgan masala, odatda,, oddiy matematik tilda (tenglama, funksiya,
differensial operandlar va shu kabilar) shakllanadi. Shuning uchun
ixtiyoriy matematik masalani yechish uchun sonli usullar yordamida
nisbatan sodda arifmetik amallarga olib kelish kerak. Masalan,
shart
boʻyicha funksiyani hisoblash uchun uni qatorga yoyish mumkin,
...
!
7
!
5
!
3
sin
7
5
3
+
+
+
−
=
x
x
x
x
x
,
ya’ni sinusni hisoblash uchun arifmetik amallar ketma-ketligini bajarish
kifoya.
Bu vaqtda raqamli qurilma
faqat arifmetik amallarni emas, balki
hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishga yordam beruvchi amallarni
ham yechish
imkoniga ega bo
ʻlishi kerak. Mantiqiy amallar, boshqaruv
amallari va bir qator
boshqa amallar bularga misol boʻla oladi.