189
konvertlarga joylashtirilar edi. Bunday disketalarning maksimal hajmi
1,2Mbayt - 1,44Mbaytni tashkil etadi. Hozirgi kunga kelib
bunday
disklar ma’naviy eskirgan boʻlib, qoʻllanilmaydi.
3.
Optik disklar
(CD-ROM - Compact Disk Read Only Memory) -
kompakt disklardan ma’lumotlarni o
ʻqish uchun moʻljallangan
qurilmalar. CD-ROM disklari audio-kompakt disklaridan keyin keng
tarqalgan. Nur qaytaruvchi yupqa material
purkalgan bu plastik
disklarga lazer nuri yordamida ma’lumot yozilgan. Hozirgi kunda lazer
disklar keng tarqalgan tasXQi ma’lumot jamlagichlar hisoblanadi.
Diametri 12 sm bo
ʻlgan optik disklarga 700 Mb ma’lumot kiritish
mumkin. Hozirgi kunda DVD-ROM formatidagi
kompakt disklar keng
tarqalgan
boʻlib, 4,3 Gb hajmdagi ma’lumot kiritish imkonini beradi.
Bundan tasXHari, bunday kompakt-disklarga ma’lumot kirituvchi
qurilmalar ham ommaga keng tarqalgan. Bunday texnologiya mos
ravishda CD-RW va DVD-RW nomlarini olgan.