188
minimal boshqaruv funksiyalarini ta’minlovchi dasturlar kiritiladi.
Qurilma tarmoqdan
oʻchirilganda, boshqaruv dastlab DXQdan qurilma
komponental
arini testlaydigan dasturga, soʻngra
operatsion tizimni ishga
tuziradigan dasturga uzatiladi.
Ma
’lumotlarni kiritish usuliga koʻra DXQlar uch sinfga boʻlinadi:
niqobli
,
dasturlanuvchi
va
qayta dastrulanuvchi
.
Energiyaga boqliq boʻlgan ichki xotiraga
operativ xotira
qurilmasi
(OXQ),
videoxotira
va
kesh-xotiralar
kiradi.
OXQda qayta ishlanayotgan ma’lumotlar, uni amalga oshirayotgan
dastur, oraliq va yakuniy natijalar ikkilik sanoq tizimida saqlanadi.
OXQlarda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy tanlangan xotira yacheykasiga
ma’lumo
t
kiritish, oʻqish va saqlab qoʻyish mumkin. OXQlarning bu
hususiyati ularning ingliz tilidagi nomida aniq aks etgan - RAM
(Random Access Memory - ixtiyoriy murojaat uchun xotira). DXQlarda
ixtiyoriy ma’lumotga tez murojaat amalga oshiriladi. Bunday xotira
murakkab elektron sxemalardan tashkil topgan
boʻlib, qurilma
qobig
ʻining ichiga joylashtiriladi.
Operativ xotiraning ma’lum qismi monitor ekranida hosil
qilinadigan tasvirlarni
saqlashga m
oʻljallangan boʻlib,
videoxotira
deb
ataladi. Videoxotira qancha katta
boʻlsa, qurilma shunchalik murakkab
va sifatli tasvirlarni hosil qilishi mumkin.
Katta
tezlikdagi
kesh-xotira
qurilma tomonidan amallarni tez
bajarish imkonini beradi va mikroprotsessor va OXQ
oʻrtasidagi
ma’lumotlar almashinuvida qoʻllaniladi. Kesh-xotira oraliq xotira
qurilmasi (bufer) hisoblanib, uning ikki turi mavjud: protsessor ichiga
oʻrnatiladigan ichki hamda bosmaga oʻrnatiladigan - tasXQi.
TasXQi xotira