184
Maʼlumot uchun: Birinchi boʻlib, eruvchan simlar yordamida
dasturlangan bipolyar tranzistorli texnologiyada bajarilgan DMMlar
yaratilgan (masalan, TTMSH-texnologiyada
bajarilgan bir marotaba
dasturlanuvchi KP556RT1 va KP556RT2 DMMlar). DMMlar yana
maxsus programmatorlarda ham dasturlanadi.
Keyinchalik, KMOYA-texnologiyada bajarilgan eruvchan simli,
yana keyin yozilgan maʼlumotlarni ultrabinafsha va elektr oʻchirishli
ISlarlar yaratilgan. Hozirgi kunda DMM va boshqa dasturlanuvchi
KISlar barcha mavjud texnologiyalarni qo
ʻllagan holda ishlab
chiqarilmoqda.
5.2-rasm.
SMISning dasturlashdan avvalgi tuzilma sxemasi.
DMMlarda faqat kombinatsion sxemalar emas,
balki xotira
sxemalarini ham tuzish mumkin. Bunday sxemalarni shakllantirish
uchun DMMning ba’zi kirishlarini chiqishlari bilan birlashtirish kerak,
ya’ni teskari aloqalar kiritish kerak. Bunday sxemalarga
triggerlar,
hisoblagichlar, sanoq qurilmalar
i va boshqa avtomatlar misol boʻla
oladi.