179
V BOB
DASTURLANUVCHI MANTIQIY QURILMALAR
5.1. Umumiy ma’lumotlar
Avvalgi paragraflarda kichik va o
ʻrta integratsiya darajasidagi
mantiqiy ISlar asosida tuzilgan raqamli qurilmalar algoritmi korilgan
edi. KIS va O
ʻKISlarni qoʻllash ularning maxsus hossalaridan kelib
chiqqan holda quyidagilarga imkon beradi:
- ishonchlilik va
tezkorlikni oshirish;
- iste’mol quvvati va o
ʻlchovlarini kamaytirish;
-
yoki is
te’mol quvvati va oʻlchamlari oʻzgarishsiz qolgan holda,
apparaturaning funksional imkoniyatlarini kengaytirish.
Demak,
turli vazifalar uchun moʻljallangan KIS va OʻKISlar yasa-
lishidagi universallik va kichik tannarx kabi afzalliklarga ega. Bu uncha
katta boʻlmagan hajmdagi apparaturalarni ishlab chiqarishda juda mu-
him sanaladi. Buning uchun IS ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar yagona,
ya’ni universal fotoshablonlar majmuidan foydalanadilar. Talab etilgan
algoritmni esa bevosita ishlab chiqaruvchin
ing oʻzi
ichki apparaturani
oʻzgartirib (dasturlash yordamida) hosil qiladi. Shuni aytib oʻtish kerak-
ki, mikroprotsessorlarni va ISlarni dasturlash – bu boshqa-boshqa tu-
shunchalardir.
Ishonchlilikni va tezkorlikni oshirish katta IS
ichki tuzilmasini do-
imiyligi, tashqi bogʻlanishlarni minimallashtirish, elementlar soni va
ichki bog
ʻlanishlarni koʻpaytirish hisobiga amalga oshiriladi.