174
Statik boshqaruvli triggerlarda C chiqishning T
0
aktiv mantiqiy
darajasi boʻlib mantiqiy bir signali hisoblanadi. Shuning
uchun bu signal
berilishi davomida trigger S kirishdagi halaqitlarni (shovqinlarni) bema-
lol qabul qilishi mumkin. Yolgʻon ishga tushib ketishni bartaraf etish
uchun
C kirishda signal mavjud bo
ʻlgan vaqt mobaynida S-ma’lumot
kirishida signal mantiqiy 0ga teng miqdorda
oʻzgarishsiz qolishi kerak.
Amalda bu talab raqamli qurilmaning murakkablashib ketishiga olib
keladi.
Dinamik boshqaruvli
triggerlar yuqorida aytib
oʻtilgan kamchi-
likdan holi. Ketma-ket uzatishli dinamik D-triggerlarda
bajarilgan
uchrazryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi 4.16-rasmda keltirilgan.
4.16-rasm.
Ketma-ket uzatishli dinamik D-triggerlarda bajarilgan
uchrazryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi.
Ketma-ket keluvchi har razryad holatining o
ʻzgarishi
avvalgi
razryadni 1 dan 0 ga o
ʻzgarishi bilan amalga oshiriladi, ya’ni boshqaruv
impulsining kesimi bilan. Bu esa trigger qisqa
vaqt mobaynida qayta
ulanishi mumkinligini anglatadi.