8-BOB. SUV OBYEKTLARIDA MAXSUS KUZATISHLAR
Mazkur bobdagi mavzularda asosiy e ’tibor talabalarga suv
obyektlarida maxsus kuzatishlami amalga oshirish usullarini o ‘rga-
tishga qaratiladi. Shu maqsadda suv obyektlarida bajariladigan
maxsus kuzatishlar va tadqiqotlar,
ulaming mohiyati, suvning
tiniqligini, rangi va haroratini kuzatish, mazkur ishlarda q o ‘llanila-
digan asbob-uskunalar, qurilma va jihozlar,
daryolarda muzlash
hodisalari rejimini kuzatish ishlari hamda ulam i tashkil etish va
boshqa masalalar k o iib chiqiladi.
8.1. Suv obyektlarida bajariladigan maxsus
kuzatishlarning mohiyati va vazifalari
Suv havzalari, jumladan, daryolar, k o ila r
va suv omborlarida
suvning tiniqligi, rangi, harorati, muzlash hodisalarini o ‘rganish va
shu maqsadda maxsus kuzatishlam i amalga oshirish xalq
x o ‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Bu masala, ayniqsa, suv
transporti,
gidroenergetika, irrigatsiya, ichimlik suv ta’minoti va
boshqa sohalar ish faoliyatini tashkil etishda juda muhim
hisoblanadi.
0 ‘zbekiston sharoitida suvning harorati va muzlash hodisalari
ko‘llar va suv omborlari, k o ‘plab kichik tog‘
daryolari, Sirdaryo va
Amudaryoning yirik irmoqlari hamda ulaming o ‘rta va quyi
oqimlarida kuzatiladi.
0 ‘zbekiston daryolarida kuzatiladigan muzlash hodisalarini
quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
1) barqaror muzlash hodisalari kuzatiladigan daryolar, asosan,
Amudaryoning quyi oqimi kiradi.
Bu guruhdagi daryolarda
muzlash hodisalari har yili noyabr, b a’zan dekabr oylarida
boshlanib, fevralning oxiri - mart oyigacha davom etadi. Umuman
olganda, bu jarayon har yili qishda takrorlanadi va barqaror muz
qoplami eng kamida 40-60 kun
saqlanib turadi;
2) barqaror b o ‘lmagan muzlash hodisalari kuzatiladigan
daryolarga Sirdaryoning Kal qishlog'idan Chinozgacha bo‘lgan
qismi, Norin va Qoradaryolaming quyi oqimi, Kosonsoy,
154
G ‘ovasoy, Sox, Isfara, Zominsuv, Sangzor,
Piskom kabi daryolar
misol b o ia d i;
3)
muzlash hodisalari har zamonda kuzatiladigan daryolar.
Qashqadaryo, Surxondaryo va ulam ing ayrim irmoqlarini shu
guruhga kiritish mumkin.
Qish qattiq kelgan yillarda birinchi guruhga mansub b o ig a n
daryolarda muz qoplamining qalinligi 0,75-1,0 metrgacha yetishi
mumkin.
Masalan,
1969-yil
fevral
oyida
Amudaryoning
Qoramishtosh gidrologik postida muz qoplamining qalinligi 90 sm,
Qipchoqda 82 sm va Qiziljarda 74 sm ga yetgan.