UO‘K:  627.133 (075)  KBK




Download 46,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/120
Sana08.02.2024
Hajmi46,03 Mb.
#153044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
28. Gidrometriya. Xikmatov F

UO‘K: 
627.133 (075) 
KBK: 
26.222
ISBN 978-9943-4365-5-8
© «Sano-standart» nashriyoti, 2014-y.


SO ‘Z BOSHI
M a’lumki, mamlakatimizda qabul qilingan “T a’lim to ‘g ‘ri- 
sida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta ’lim sohasi- 
da tub o ‘zgarishlami ko‘zda tutadi. O ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Kariinovning 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta’lim 
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori 
malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora- 
tadbirlari to ‘g ‘risida”gi qarori yuqorida qayd etilgan rasmiy 
m e’yoriy hujjatlarning mantiqiy davomidir. Ularda belgilangan 
vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamizda oliy ta ’lim 
yo'nalishlari va mutaxassisliklarining klassifikatori yangilandi. 
Uning asosida esa har bir yo'nalish va mutaxassisliklar uchun 
takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, o ‘quv rejalari va 
namunaviy fan dasturlari ishlab chiqildi. Bu jarayonlarning barcha- 
si gidrometeorologiya va gidrologiya ta ’lim yo‘nalishlari va ular 
negizida tayyorlanadigan magistratura mutaxassisliklariga ham 
tegishlidir.
Ayni paytda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni 
tayyorlash jarayoni 
o ‘quv 
adabiyotlarining 
yangi 
avlodini 
yaratishni talab qilmoqda. Chunki mafkuraviy hamda mazmunan 
eskirgan darsliklar, o ‘quv qo'llanmalari Respublikamizda musta- 
qillik yillarida joriy etilgan yangi ta’lim tizimining talab va 
ehtiyojlariga javob berolmay qoldi.
Gidrometriya fani gidrometeorologiya, gidrologiya va boshqa 
turdosh ta’lim y o ‘nalishlari o ‘quv rejasiga kiritilgan asosiy umum- 
kasbiy fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu fanni o ‘rganish natijasida 
bo‘lajak bakalavrlar suv obyektlarida suv o lc h ash postlarini 
tashkil etish, suv sathini kuzatish, chuqurliklar va suvning oqish 
tezligini o ‘lchash, daryolardagi suv va loyqa oqiziqlar sarflarini 
hisoblash, davlat suv kadastrini yuritish usullarini o ‘rganadi, 
ulaming ilmiy va amaliy ahamiyatini tushunib etadilar. Bu esa 
talabalarga yuqori kurslarda o ‘qitiladigan “Umumiy gidrologiya”, 
“Gidrologik hisoblashlar”, “Gidrologik prognozlar” kabi ixtisoslik 
fanlarini o ‘rganishga zamin tayyorlaydi. Shuningdek, mazkur 
fanning bo‘lg‘usi mutaxassislaming ishlab chiqarish, ilmiy-
3


tadqiqot va tashkiliy-boshqaruv faoliyatlarida ham ahamiyati katta.
Darslikning 1- va 2- boblari F.H. Hikmatov va G ‘.X. Yunusov, 
3- va 4- boblari G ‘.X. Yunusov va D.M. Turg‘unov, 5- va 6-boblari 
N.Z. Sagdeyev va R.R.Ziyayev, 7-bobi F.H. Hikmatov va D.M. 
Turg‘unov, 8- va 9-boblari G ‘.X.Yunusov va N.Z. Sagdeyevlar 
hammuallifligida tayyorlandi. Darslikning umumiy tahriri pro­
fessor F.H. Hikmatov tomonidan amalga oshirildi.
Darslik m ualliflaming shu sohadagi ilk tajribasi natijasi bo‘lib, 
uning ayrim kam chiliklardan xoli emasligi tabiiydir. M ualliflar 
ushbu kitobning mazmuni va tuzilishini yaxshilash maqsadida 
bildirilgan barcha fikr-mulohazalarai mamnuniyat bilan qabul 
qiladilar.
4


K IR ISH
Ushbu “Gidrometriya” darsligi respublikamizdagi mavjud 
uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash miiliy modelining 
asosiy bo‘g‘inlaridan biri hisoblangan bakalaviatura bosqichi, 
aniqroq qilib aytganda, 5140700-Gidrometeorologiya, 5141100- 
Gidrologiya (tarmoqlar b o ‘yicha) va boshqa turdosh yo‘nalishlar 
talabalariga moMjallangan.
Yuqorida qayd etilgan ta’lim yo‘nalishlarining Davlat ta’lim 
standartlari va ularda o ‘qitilishi k o ‘zda tutilgan “Gidrometriya” 
fanining namunaviy o ‘quv dasturiga mos keladigan darslik yaratish 
maqsadida mualliflar tomonidan m a’lum ishlar amalga oshirildi. 
Jumladan, respublikamiz, Mustaqil Davlatlar Ham do‘stligi mamla- 
katlari va uzoq chet ellarda “Gidrometriya” fani sohasida shu kun- 
gacha erishilgan natijalar, ularning hozirgi holati baholandi. 
Shuningdek, ular o ‘z ixtiyoridagi manbalarni o ‘zaro qiyosiy solish- 
tirdilar, 
ularda 
mavjud b o ‘lgan 
ijobiy tajribalardan 
keng 
foydalandilar. Bu ish jarayonida gidrometriyaning kelgusidagi 
rivojlanish tendensiyalariga ham alohida e ’tibor qaratildi.
Gidrometriya fanini o ‘qitishdan asosiy maqsad, bo ‘lajak baka- 
lavrlarda daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektla- 
rida gidrologik kuzatish tarmoqlarini tashkil etish, ularda suv rejimi 
elementlarining miqdoriy k o ‘rsatkichlarini qayd etib borish, 
to ‘plangan gidrometrik m a’lumotlami qayta ishlash, umumlash- 
tirish hamda davlat suv kadastrini yuritish b o ‘yicha bilim va 
m alaka hosil qilishdan iboratdir. Ayni paytda, talabalar ushbu fanni 
o ‘rganish 
natijasida 
suv 
o ‘lchash 
ishlarida 
qoilaniladigan 
zamonaviy qurilmalar, asbob-uskunalar bilan ishlay olish, suv 
o ‘lchash va kuzatish ishlarida foydalaniladigan usullar va 
uslublami amaliyotda q o ila y olish tajribalari, ko‘nikmalariga ham 
ega bo‘lishlari lozim.
Yuqorida qayd etilganlar yanada aniqroq bayon etiladigan 
bo‘lsa, “Gidrometriya” fanini o ‘zlashtirish jarayoni doirasida 
bakalavr:

gidrometriyaning asosiy tushunchalari, atamalari, ta ’riflari va 
tadqiqot usullarini; daryolar, ko‘llar va suv omborlarining o ‘lcham
5


ko‘rsatkichlarini aniqlashni; ularda suv o ‘lchash ishlarini tashkil 
etishni; daryolarning suv va oqiziqlar sarfini o'lchash hamda hisob- 
lashning zamonaviy usullarini va ulardan foydalana olishni bilishi 
kerak;
- suv obyektlari rejimini o ‘rganishda suv o ‘lchash ishlarini 
amalga 
oshirish; 
daryo 
oqimi 
elementlarini 
oichashning 
zamonaviy usullarini amalda q o ilash ; gidrologik postlar va 
stansiyalami tashkil etish va ulami jihozlash; daryolar, kanallam ing 
suv va muallaq oqiziqlari oqimini miqdoriy baholash, gidrometrik 
axborotlami to ‘plash, birlamchi qayta ishlash va bir tizimga sola 
olish k o ‘nikmalariga ega bo ‘lishi kerak;
- k o ‘llar va suv omborlarining batimetrik xaritalarini tuzish
daryolar, k o ‘llar va suv omborlari suv resurslarini miqdor va sifat 
jihatdan baholash; suv sarfi egri chizig‘i grafigini chizish hamda 
gidrologik yilnomani tuzish; gidrometrik m a’lumotlar bankini 
yaratish; davlat suv kadastrini olib borish; suv o ‘lchash asboblari 
va qurilmalaridan amalda foydalana olish malakalariga ega 

Download 46,03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Download 46,03 Mb.
Pdf ko'rish