Gidrome triy a




Download 46,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/120
Sana08.02.2024
Hajmi46,03 Mb.
#153044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
28. Gidrometriya. Xikmatov F

bo ‘lishi kerak.
Talabalaming “Gidrometriya“ o ‘quv 
fanini 
o ‘zlashtirish 
jarayoni m a’ruzalar, amaliy m ashg‘ulotlar, fan b o ‘yicha mustaqil 
ta’lim va kurs ishini bajarish hamda suv obyektlari da o ‘quv-dala 
amaliyotini 
o ‘tishlari 
shakllarida 
tashkil 
etiladi. 
M a’ruza 
m ashg‘ulotlari, ulaming mazmuni fan dasturida mantiqiy ketma- 
ketlikda keltirilgan.
Talabalar, amaliy m ashg'ulotlam i bajarishga kirishishlaridan 
oldin, dastlab ishning maqsadi va mavzuga oid nazariy bilimlarni 
egallashlari lozim. So‘ng ishni bajarish uchun zarur b o ‘lgan m a’lu­
motlar va qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishda talab qilingan 
vazifalami aniq bilishlari zarur. Har bir amaliy ishni bajarish tartibi 
esa, ishning maqsadiga m os holda, belgilangan vazifalar ketma- 
ketligiga asoslanadi. Barcha amaliy m ashg‘ulotlar ulami bajarish 
jarayonida olingan natijalam ing tahlili bilan yakunlanadi.
Fan bo ‘yicha kurs ishining maqsadi talabalaming mustaqil 
ishlash qobiliyatini rivojlantirish, ularda fanni o ‘rganish natijasida 
olgan nazariy bilimlarini q o ilash d a amaliy ko‘nikmalar hosil 
qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos texnik
6


yechimlar qabul qilish va zamonaviy suv o ‘lchash texnikasi hamda 
texnologiyalarini qo'llash ko‘nikma1arini hosil qilishdir. Kurs ishi 
mavzulari bevosita gidrometeorologiya xizmati, qishloq va suv 
xo'jaligi, 
boshqa 
sohalardagi 
ishlab 
chiqarishda 
amalga 
oshiriladigan jarayonlarga b o g iiq holda tanlanib, aniq bir daryo, 
ko‘l 
yoki 
suv ombori 
misolida, 
ularga tegishli 
b o ‘lgan 
gidrometeorologik m a’lumotlar negizida bajariladi.
Talabalarga, fan b o ‘yicha mustaqil ta ’limni amalga oshirishda, 
uning quyidagi shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi:
- amaliy m ashg‘uiotlarga nazariy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish;
- kurs ishini tayyorlash bilan bog‘liq b o ‘lgan vazifalami 
bajarish;
- darslik va o ‘quv q o ‘llanmalaridan tegishli mavzularni o ‘rga- 
nish;
- maxsus adabiyotlardan foydalangan holda, fan b oiim lari 
yoki mavzulari ustida ishlash;
- yangi gidrometrik texnikalami, apparaturalarni, jarayonlar va 
texnologiyalami o ‘rganish;
- fanning talabaning o ‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish 
bilan bog‘liq b o ‘lgan b o ‘limlarini va mavzularini chuqur o ‘rganish;
- avtomatlashtirilgan o ‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar 
bilan ishlash, internet saytlaridan foydalanish;
- masofaviy (distansion) ta ’limdan foydalanish va boshqalar.
Yuqorida qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, “Gidrometriya”
fani matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, 
mutaxassislikka — gidrometeorologiyaga kirish, geodeziya, geolo- 
giya, geomorfologiya, geofizika kabi fanlar bilan bog‘liqdir. Ushbu 
fanlardan yetarli bilim to‘plagan gidrometeorologiya, gidrologiya 
va boshqa turdosh y o ‘nalishlam ing b o ia ja k bakalavrlariga 
gidrometriyani talab darajasida, qiziqib o ‘rganishlariga tilak- 
doshmiz.
7



Download 46,03 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Download 46,03 Mb.
Pdf ko'rish