o'rtacha o ‘n kunlik, o ‘rtacha oylik va o ‘rtacha
yillik suv sarflarini
hisoblash mumkin.
M a’lumki, suv sarfi daryolarda bir yilda ko‘pi bilan 20-30
marta olchanadi. Yilning qolgan kunlari uchun suv sarfini
aniqlashda suv sathi bilan suv sarfi orasidagi bog‘lanishdan
foydalaniladi. Chunki suv sathi har kuni kamida ikki marta
belgilangan muddatlarda kuzatib boriladi.
Suv sathi bilan suv sarfi orasidagi bog‘lanish chizmasi suv
sarfi egri chizig'i garafigi deb ataladi.
Bu chizma daryoning suv
rejimiga va unga ta ’sir qiluvchi omillarga b o g iiq holda, bir
ma’noli b oim ag an yoki bir m a’noli b o iish i mumkin (6.2-rasm).
Agar daryo o ‘zanida deformatsiya
hodisasi b oim asa, y a’ni
daryo o ‘zani barqaror b o is a , muzlash hodisalari va suv
o'simliklarining ta ’siri bo im ag an davr
uchun suv sarfi bilan suv
sathi orasidagi b og ian ish egri ch izig in i tuzish juda oson. Buning
uchun vertikal o'qqa suv sathi, gorizontal o ‘qqa
esa uch element -
oichangan suv sarflari (Q), jonli kesma maydoni (W) va o‘rtacha
lezlik (v) qo‘yiladi. B ogianishlar egri chiziq ko'rinishida b o ia d i
((>.2-rasm).
Egri chiziqdan ixtiyoriy nuqtalami tanlab olib,
har bir nuqta
uchun suv sarfini aniqlaymiz. Bu esa mazkur egri chiziqdan
foydalanib, kundalik suv sarflarini tiklash imkonini beradi.