6-BOB. SUV SARFI EGRI CHIZIG‘I GRAFIGI VA
UNDAN AM ALDA FOYDALANISH
Ushbu bobda quyidagilar yoritiladi: suv sarfi bilan suv sathi
orasidagi bog‘lanishni aniqlash
va daryolar oqimini hisoblash, suv
sarfi bilan suv sathi orasidagi bir m a’noli bog‘lanish mavjud
b o ig a n hollarda suv sarfi egri chizig‘i grafigini tuzish,
asosiy
tushunchalar, suv sarfi egri chizig‘i grafigi yuqoriga hamda pastga
davom ettirish (ekstrapolyatsiya qilish), daryo oqimi miqdorini
hisoblash, suv sarfi egri chizig‘ini
suv sarfi bilan uning sathi
orasida bir m a’noli bo‘lmagan b o gian ish lar uchun tuzish: suvning
beqaror harakati, muzlash
hodisalari kuzatilganda, suv o'sim liklari
yoki o ‘zgaruvchan dimlanish mavjud b o ig an d a bo g ian ish
chizmasini tuzish, daryo oqimini hisoblash va boshqalar.
6.1. Suv sarfi bilan suv sathi orasidagi b ogianishni
aniqlash
Daryolaming suv sathi muntazam
ravishda kuzatilib boriladi,
suv sarfi esa bir oyda ikki yoki uch marta oichanadi. Lekin xalq
xo‘jaligining
turli
tarmoqlari
talablarini
qondirishda
suv
sarflarining kundalik qiymatlarini bilish katta amaliy ahamiyat
kasb etadi. Ushbu mavzu suv sathi
bilan suv sarfi orasidagi
bogianish grafigini ehizish va shu asosda gidrologik yilnomani
tuzish hamda daryo oqimini hisoblash usullarini yoritib -berishga
bagishlangan.