• Transkripsiyaning terminatsiyasi
  • Transkripsiyaning elongatsiyasi




    Download 436,67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet24/27
    Sana01.02.2024
    Hajmi436,67 Kb.
    #150077
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
    Bog'liq
    A qodiriy nomidagi

    Transkripsiyaning elongatsiyasi 
    DNK ning bir zanjirida i-RNK ning ma'lum qismi hosil bo`lishi bilan, RNK-
    polimerazaning muayyan subbirliklari DNK dan ajraladi. Kop-fermenti esa i-RNK 
    ni matritsada uzayishini davom ettiradi. Fermentning 5
    /
    -3
    /
    harakati davomida 
    DNK-matritsadagi ajralgan nukleotid qatorlari orasida qaytadan vodorod bog`lari 
    hosil bo`ladi. Sintezlangan i-RNK prokariotlarda oqsil sintezi uchun ribosomaga 
    jalb qilinadi. Eukariot hujayralarda esa yangi sintezlangan transkriptlar 
    posttranskripsion modifikatsiyadan so`ng i-RNK shakllanadi. 
    Transkripsiyaning terminatsiyasi 
    Prokariot organizmlarda RNK terminatsiyasi sintezlanayotgan RNK 
    molekulasida soch to`g`nog`ich (shpilka) (8-rasm) shaklidagi zanjirlar hosil 
    bo`lishi bilan boshlanadi. Natijada matritsa bilan transkript o`rtasidagi bog` uzilib, 
    RNK ajraladi. 


    50 
    8-rasm. Terminatsiya saytidagi RNK shpilkasi. 
    Prokariotlarda terminatsiya maxsus oqsil (p-oqsil) xelikaza faolligiga ega 
    bo`lganlar orqali ham amalga oshadi. Mazkur oqsil transkriptonga bog`lanib, 
    RNK-polimeraza orqasidan harakat qiladi. Shpilkalar hosil bo`lib, fermentlarning 
    harakati terminatsiya saytiga yetganda enzimning faolligi pasayadi, p-oqsil esa 
    RNK-polimerazaga yetib, dupleksni ajratadi. Natijada transkripsiya nihoyasiga 
    yetkaziladi, yangi sintezlangan RNK esa matritsadan ajraladi. Yuqorida 
    ta'kidlanganidek, prokariotlarda birlamchi transkriptlar o`zgarishga yuz tutmay, 
    to`g`ri translyatsiyaga jalb qilinadi. 
    Eukariotlarda transkripsiyaning terminatsiya yuritmasi oxirigacha hali 
    aniqlanmagan. Taxmin qilinishicha, sintezlanayotgan genning oxirgi 3
    /
    -OH 
    tomonida RNK-polimeraza fermenti bilan stop-oqsil bog`lanib, transkripsiyani 
    sekinlashtiradi. O`z navbatida ferment terminal nukleotidlar sintezlanib, ular esa 
    sintezlangan RNK ni matritsadan ajratadi. Hosil bo`lgan RNK dagi terminal 
    nukleotidlar ekzonukleaza fermenti orqali ajratiladi. Polimeraza enzimi orqali
    150-200 nukleotidli poliadenil zanjir (poli A) RNK ga bog`lanadi. 

    Download 436,67 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




    Download 436,67 Kb.
    Pdf ko'rish