RNK sintezi (transkripsiya)




Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana01.02.2024
Hajmi436,67 Kb.
#150077
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
A qodiriy nomidagi

 RNK sintezi (transkripsiya) 
Yuqorida ta'kidlanganidek, oqsil sintezi uchun DNK matritsa bo`la olmaydi. 
Oqsil sintezida genetik axborotni DNK dan oqsil sintezlovchi ribasomani maxsus 
RNK lar ta'minlaydi. RNK molekulalari makroerg tutgan ATF, GTF, STF va UTF 
lardan DNK matritsasida, RNK-polimeraza fermentlari ishtirokida sintezlanadi. 
RNK zanjiri DNK molekulasining bir qismida komplementar tizim asosida 
sintezlanganligi uchun, ularning nukleotid qatori bir-birlariga mos keladi.


48 
Transkripsiya jarayonida uch turdagi RNK sintezlanadi. Informatsiya RNK 
ribosomadagi oqsil sintezi uchun matritsa bo`lib xizmat qiladi. Transport va 
ribosom RNK lar ham oqsil sintezida bevosita faoliyat ko`rsatadilar. Replikatsiya 
va transkripsiya jarayonlarida umumiylik belgilari bo`lib, DNK molekulasining bir 
zanjiri matritsa sintezi uchun xizmat qiladi. Lekin, bu jarayonda jiddiy farqlar ham 
yo`q emas. Replikatsiyada DNK ning ikki zanjiri matritsa xizmatini o`taydi. RNK 
sintezida DNK ning bir qismi matritsa rolini bajaradi. Bu fragmentlar muayyan 
genlar guruhini o`z ichiga olgan bo`lib, ularni transkriptonlar deyiladi.
RNK sintezi RNK polimeraza fermenti ishtirokida amalga 
oshadi.Organizmda bir necha xil RNK polimeraza fermentlari aniqlangan: 
RNK-polimeraza fermentining xillari va vazifalari 
3-jadval 
RNK polimeraza xillari 
Sintezlanuvchi RNK lar 

(А) 
r – RNK 
II 
(В) 
i – RNK 
III 
(С) 
t – RNK 
 
Transkripsiyaning initsiatsiyasi 
Prokariot organizmlarda transkripsiyaning faoliyati RNK-polimerazadagi bir 
subbirlikning DNK molekulasidagi promotor deb ataladigan qismiga 
bog`lanishidan boshlanadi. DNK ning bu fragmenti informativ bo`lmasdan, faqat 
ferment bilan bog`lanish uchun xizmat qiladi. Fermentning bog`langan qismidan 
transkripsiya boshlanadi. DNK ning promotorida ikkita element bo`lib, ular RNK-
polimeraza fermenti bilan o`zaro aloqada bo`ladi, ferment DNK kompleksini 
mustahkamlaydi. 
DNK ning RNK polimeraza bilan bog`langan qismlarini diskriminatorlar 
deyilib, ular transkripsiya jarayonini tezlashtirishda ishtirok etishi aniqlangan. 
Ferment ta'sirida DNK molekulasi ikkiga ajralganidan boshlab transkripsiya 
boshlanadi. Bunday transkripsiya jarayoni prokariotlarda bo`lib, eukariotlarda 


49 
shunga o`xshash bo`lsa ham ularning promotor qismida farqlar borligi aniqlangan. 
Eukariot va prokariot organizmlardagi DNK promotorlarining nukleotid qatorlari 
bir-birlaridan farqlanadi.
Eukariot promotorining uzoqroq qismini enxanseralar deb atalib, ular 
transkripsiya jarayonini boshqaradi. Transkripsiyaning birinchi nukleotidi 5
/
-
tomonidan modifikatsiyaga (guanin metillanadi) uchrab, bu jarayonni kepirlanish 
deyiladi. Shuning uchun transkripsiyadagi birinchi nukleotidni genlarning 
boshlang`ich nuqtasi yoki KEP - sayti deyiladi. Informatsiya RNKning oxirgi 
nukleotid qatori (AATAAA) transkripsiya jarayonini to`xtalishida asosiy belgi 
sifatida xizmat qiladi.
Eukariot organizmlarda promotor, RNK - polimeraza kompleksi o`z 
faoliyatida maxsus tashabbuskor oqsillar ishtirok etadi. Ularni umumiy 
transkripsiya omillari deyiladi. 

Download 436,67 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish