43
Replikatsiyada qatnashuvchi oqsil xillari
2-jadval
Oqsillar
Asosiy vazifalari
DNK-polimeraza
Dezoksiribonukleotidlarni polimerlash
Xelikazalar
DNK zanjirini ajratish
Topoizomerazalar
Qo'shimcha hosil bo'ladigan molekulalarni relaksatsiya qilish
Praymaza
RNK-praymerni sintezlash
Oqsil SSB
Ikkiga ajralgan DNK zanjirini qaytadan rekombinatsiya qilinishiga
yo'l bermaydi
DNK-ligaza
Okazaki fragmenlarini DNK zanjiriga ulash
ega. Bu ferment DNK ning reparatsiyasida ishtirok etadi. DNK-polimeraza II ning
vazifasi aniq emas. DNK polimeraza III fermentining vazifasi
boshqa
polimerazalarga qaraganda ko`p ekanligi aniqlangan. Xuddi shu ferment DNK
molekulasini ko`payib borishida bevosita ishtirok etadi. Ammo, shu narsa
aniqlanganki, DNK-polimeraza III mustaqil ravishda yangi
DNK molekulasiga
bog`lana olmaydi va yangi molekula sintezlay olmaydi. Demak, DNK molekulasi
sintezini boshlovchi boshqa struktura bo`lishi kerak. Shunday struktura vazifasini
RNK fragmenti bajaradi. DNK-polimeraza III RNK fragmentiga bog`lanadi. Bu
fragmentni praymer deb atalib uning shakllanishida praymaza ishtirok etadi.
Eukariotlarda ham bir necha xil DNK-polimerazalar aniqlangan ((
α, ε, β,
γ
,
δ). Eukariot organizmlarda asosiy DNK-polimeraza ferment δ hisoblanadi. DNK-
polimeraza
β prokariotlardagi DNK-polimeraza I ga o`xshaydi. DNK polimeraza
γ
mitoxondriya DNK sining sintezida ishtirok etadi.
Eukariotlardagi DNK-polimeraza bir sekundda 100 nukleotidlarni DNK
molekulasiga bog`laydi, bu prokariotlardagi fermentlarga nisbatan 10 marta
faolligi past hisoblanadi.