• DNK sintezi (replikatsiya)
  • Еkiston rеspublikasi xalq ta'limi




    Download 436,67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet18/27
    Sana01.02.2024
    Hajmi436,67 Kb.
    #150077
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
    Bog'liq
    A qodiriy nomidagi

     
     


    41 
    2.4. DNK va RNK sintezi 
    Nuklein kislotalarning sintezi uchun DNK zanjiri, oqsil biosinteziga matritsa 
    (qolip) sifatida i-RNK xizmat qiladi. DNK ning sintezi DNK-matritsaning ikki 
    zanjirida, RNK sintezi esa uning bir zanjirida amalga oshadi. Aksariyat holatda 
    DNK zanjiri bir-biridan ajralgan va tegishli sharoit asosida sodir bo`ladi. 
    Biopolimerlarning shakllanishida matritsadan tashqari yana substratlar, reaksiyani 
    katalizlovchi fermentlar zarur bo`ladi. DNK sintezida substrat sifatida 
    dezoksiribonukleozidtrifosfat, RNK uchun ribonukleozidtri-fosfatlar bo`lishi 
    kerak. Oqsil sintezida esa substrat vazifasini aminoatsil-t-RNK bajaradi.
    Nuklein kislotalarning matritsa sintezida ishtirok etuvchi fermentlar DNK-
    yoki RNK-polimerazalardir. Ayrim holda i-RNK faqat oqsil sintezida matritsa 
    bo`lmasdan, balki DNK biosintezi uchun ham qolip vazifasini bajarishi mumkin. 
    Bunday jarayonni teskari transkriptaza fermenti bajaradi. Biopolimerlarning 
    matritsali uch xil sintezi uch bosqichdan iborat: a) initsiatsiya-ikki monomerdan 
    polimerning boshlanishi; b) elongatsiya-polimer zanjirining uzayishi; v) 
    terminatsiya-matritsali sintezning yakunlanishi. Prokariot va eukariot 
    organizmlarda DNK ning sintezi bir xil bo`lishi kuzatiladi. Mazkur sintez asosida 
    azotli asoslarning komplementarlik tizimi (A=T, G=S) bo`lib, bu jarayon har bir 
    tur organizmning DNKsidagi nukleotid qatorini faqat ota-onasidagina bo`lmasdan, 
    balki keyingi avlodlarga ham qat'iy bir xil holatda uzatilishini ta'minlaydi. 
     DNK sintezi (replikatsiya) 
    DNK-matritsasida DNK molekulasining ikki martadan ko`payish jarayonini 
    replikatsiya deb ataladi. Replikatsiya reaksiyasining ketishi uchun bir zanjirli 
    DNK-matritsa, dezoksinukleozidtrifosfatlar, fermentlar, magniy ionlari va ikki 
    zanjirli DNK molekulasini bir biridan ajratuvchi oqsil omillari bo`lishi zarur. DNK 
    biosintezini umumiy tarzda quyidagi ko`rinishda yozish mumkin: 
    nd ATF
    nd TTF
    nd GTF
    nd STF
    DNK - matritsa
    DNK - polimeraza
    Mg2
    +
    nd AMF
    nd TMF
    nd GMF
    nd SMF
    n
    + nH
    4
    P
    2
    O
    7


    42 
    DNK biosintezi matritsa (qolip) DNKdan komplementar nusxa olish, ya'ni 
    replikatsiya orqali amalga oshiriladi. Qo`sh spiralni bir-biridan ajratuvchi oqsil 
    ta'sirida nukleotid zanjirlari bir-biridan ajraladi. Makromolekula birdaniga bir 
    zanjirli dezoksipolinukleotidga aylanmasdan, balki ma'lum qismlargina ayri hosil 
    qiladi. Prokariotlarda DNK molekulasi halqa shaklida bo`lib, ma'lum yerlaridan 
    ori-sayt (Origin-replikatsiyani boshlanishi) boshlanib, DNK zanjiri ikkiga ajralgan 
    ayri qarama-qarshi tomonlarga harakatlanadi. Eukariotlarda ori-saytlar ko`p 
    miqdorda bo`lganligi uchun replikatsiya DNK molekulasining ko`p qismlaridan 
    boshlanishi aniqlangan. DNK molekulasida AT jufti qayerda ko`p bo`lsa, o`sha 
    nuqtalarda replikatsiya boshlanadi, chunki GS juftidagi bog`ni uzishga nisbatan 
    AT bog`larni ajratish osondir. 

    Download 436,67 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




    Download 436,67 Kb.
    Pdf ko'rish