39
2.3.Nuklein kislotalar almashinuvi haqida umumiy tushuncha
Molekulyar biologiya, molekulyar genetika, gen
muhandisligi va
biotexnologiya fanlarining shakllanishida va hozirgi kunda jamiyat hayotida
yetakchi o`rin egallab turishida nuklein kislotalar va ularning metabolizmi
asosiy
o`rin egallab kelmoqda.
Ozuqa mahsulotlari tarkibida nukleoproteinlar ma'lum miqdorda bo`lib,
ovqat hazm qilish jarayonida oshqozon va ichak suyuqliklari tarkibidagi HCl va
proteolitik fermentlar ta'sirida oqsil va nuklein kislotalarga parchalanadi. Nuklein
kislotalar nukleazalar deb ataladigan fermentlar ta'sirida mononukleotidlarga
ajraladi. Nukleazalar gidrolizlaydigan nuklein kislotalar turiga qarab
dezoksiribonukleaza (DNK-aza) va ribonukleazalar (RNK-aza) ga bo`linadi.
Oshqozon osti bezi suyuqligi tarkibida DNK-aza va RNK-aza fermentlari
bo`lib, ular ta'sir chegarasiga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi:
● zanjirdagi ichki nukleotidlararo bog`larga-endonukleazalar, ohirgi
nukleotid qoldiqlariga-ekzonukleazalar ta'sir qiladi;
● bir zanjirli yoki ikki zanjirli nuklein kslotalarni parchalovchilar ;
● murakkab efir bog`lari 3' yoki 5' bo`lgan holda ta'sir etuvchilar;
● nuklein kislotalarni α yoki δ bog`lariga ta'sir etuvchilar;
5' - F – N – F – N – F – N – F – 3'
α-guruh δ-guruh
Н – nukleozid; F – Fosfst.
●purin yoki pirimidin azot asoslari bo`yicha ta'sir etuvchi
fermentlar;
●restriktaza asosida ta'sir etuvchi enzimlar.
DNK va RNKlarning degradatsiyasi gidrolitik va fosforilitik nukleazalar
ishtirokida sodir bo`ladi. Fosforilitik
parchalanishda jumladan, RNK
molekulasidan nukleotid qoldig`i noorganik fosfat kislotasiga uzatiladi.
40
RNK
n
+ Н
3
РО
4
RNK
n-1
+ NADF (nukleoziddifosfat)
Ushbu reaksiya hujayradagi noorganik fosfat kislota konsentratsiyasini bir
me'yorda saqlanishida hizmat qiladi.
RNK -aza va DNK-azalarning hujayradagi vazifalari bir xil bo`lmaydi.
Masalan, pankreatik ribonukleaza (RNK - aza I ) ekzo-va endonukleaza
xususiyatiga ega bo`lib, turli xil RNK larni parchalaydi. Bular bilan bir qatorda
yuqori spetsifik to`qimali RNK-azalar bo`lib, ular RNK-dagi muayyan bog`larni
uzishda xizmat qiladi. Bu reaksiya ribosom va transport RNK larni shakllanishida
ishtirok etadi.
Oshqozon osti bezining tarkibidagi DNK - aza bir zanjirli molekulani 5'
tomonidagi fosforil guruhidan boshlab oligodezoksiribonukleotidlargacha
parchalaydi. Taloq tarkibida aniqlangan
DNK-aza II, DNK ning ikkita zanjiridagi
3'- 5'- fosfodiefir bog`larini katalizlab, 3'-fosfooligonukleotidlarni hosil qiladi.
Restriktaza fermentlari DNK-azaga o`xshab, DNK molekulasini
depolimerlash jarayonini muayyan nuqtalardan boshlaydi. Restriktazalar yuqori
spetsifiklikka ega bo`lib, ma'lum azot asoslari bo`yicha DNK molekulasini
gidrolizlaydi. Bu fermentlar fag va viruslarga tegishli DNK molekulasini nukleotid
qatorini
aniqlashda, genetik muhandisligida keng qo`llaniladigan rekombinativ
DNK (gibrid) tayyorlashda ishlatiladi.
Shunday qilib, oshqozon-ichak yo`lidagi bir qator fermentlar ovqatdagi
nuklein kislotalarni nukleotid va nukleozid darajasigacha parchalaydi.
Нosil
bo`lgan mahsulotlar qonga so`rilib, hujayralarga yetkaziladi. Nukleotidlar nuklein
kislotalar sintezida ishtirok etishi bilan birga organizmdagi boshqa metabolitik
jarayonlarda ham qatnashadilar. Nukleotidlar nukleozidlar, purin va pirimidin
asoslari, riboza va dezoksiribozalarga parchalanadi, yangidan sintezlanib, bir-
biriga o`tadi. Bu o`zgarishlar turli fermentlar ta'sirida, bir qator oraliq
bosqichlari
orqali sodir bo`ladi.