Еkiston rеspublikasi xalq ta'limi




Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/27
Sana01.02.2024
Hajmi436,67 Kb.
#150077
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
A qodiriy nomidagi

RNK ning protsessingi 
Matritsadan ajralib yangi sintezlangan transkriptlar posttranskripsion 
protsessing deb ataluvchi o`zgarishga yuz tutadi. Transport RNK va r-RNK 
molekulalarining boshlang`ich protsessingida ekzonukleaza fermentlaridan 


51 
saqlanish uchun ular metillanadilar. Eukariot organizmlarda hosil bo`lgan matritsa 
yoki i-RNK lar murakkab protssesinglar jarayonida shakllanadi.
Boshlanishida i-RNK oxiridan 15 nukleotid ajralib, poliadenilat-polimeraza 
fermenti ishtirokida poliadenil nukleotidlari (poli A) sintezlanadi. RNK-polimeraza 
II 5
/
tomonga 7-metil guanozinni ulab KEP ni shakllantiradi. Bunday i-RNK ning 
modifikatsiyasi ekzonukleaza fermentlarining ta'siridan saqlanishga qaratilgan 
bo`lsa, qo`shimcha yana i-RNK ni sitoplazmaga chiqarishga va ribosoma bilan 
bog`lanishiga yordam beradi. Informatsiya RNK ning poli A qismi yangi 
sintezlangan transkriptlarni stabil holatga keltiradi. 
Yadroda sintezlangan RNK ni ko`p qismi ma'nosiz bo`lib, ularni intronlar 
deyilib, i-RNKning shakllanishida mazkur bo`limlar ajratiladi. Matritsali RNK 
translyatsiyada ishtirok etuvchi ma'noli qismini esa ekzonlar deb ataladi. Yangi 
sintezlangan i-RNK dagi intronlarni ajratilishi va ekzonlarning ulanish jarayonini 
splaysing deyiladi. Splaysing jarayonini amalga oshiruvchi omillar sifatida 
yadroviy RNK lar xizmat qiladi va ular fermentativ xususiyatga ega. Ular 
ribozimlar deyiladi. Ularning oxirgi yopishqoq qismlari bo`lib, intronlar bilan 
komplementar holda bo`ladilar. 
Kichik molekulali, yadroviy RNKlar maxsus oqsillar bilan kompleks holda 
bo`lib, bularni splaysosomalar deb ataladi. Xuddi shu kompleks i-RNK 
molekulasidagi intronlarni qirqib, ekzonlarni ulashda ishtirok etadi. Ekzonlarni bir-
birlari bilan ulashni RNK-ligaza fermentlari bajaradi. Ular splaysosoma tarkibida 
bo`ladi.
Mazkur muammoning hal qilinishi quyidagi ikkita muhim ilmiy kashfiyotga 
sababchi bo`ldi: 
● ribozimlar splaysosoma tarkibidagi oqsillarning yordamisiz o`zlari 
mustaqil ravishda intronlarni qirqish xususiyatiga ega. Demak, ular katalitik- 
fermentativ xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi. Ularning bunday unikal xossasi, 
fermentlar haqidagi ma'lumotlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Chunki biz 
biologik kataliz faqat oqsil-ferment orqali amalga oshadi degan g`oyaga asoslanar 
edik. 


52 
● birlamchi transkriptda bir necha i-RNK haqida axborot bo`lsa, tabiiy bir 
qancha splaysing va turli xil shakllanadigan i-RNK variantlari bo`lishi mumkin. 
Bunday splaysinglar alternativ deb atalib, ular transkripsiyani regulyatsiyasida 
katta ahamiyat kasb etadi. 
● protsessing nihoyasiga yetib, shakllangan i-RNK sitoplazmaga maxsus 
oqsil-informoferlar orqali ko`chiriladi. 

Download 436,67 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish