Еkiston rеspublikasi xalq ta'limi




Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana01.02.2024
Hajmi436,67 Kb.
#150077
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
A qodiriy nomidagi

DNK REPARATSIYASI 
Makromolekula bo`lgan DNK zanjirining matritsali sintezi bo`lmish 
replikatsiya jarayonining biror nuqtasida molekulyar xatolik ro`y bersa, maxsus 
fermentlar tizimi tuzatib, ta'mirlab, to`ldirib turadi. Bu jarayonni reparatsiya 
jarayoni deb ataladi. Bir zanjirli DNK replikatsiyasida uzilish, xatolik yuz bersa, 
DNK-polimeraza, DNK-ligaza fermentlari orqali tuzatiladi. DNK-polimeraza III 
esa azot asoslarini ketma- ketligini, nukleotidlar bog`lanishini nazorat qiladi. DNK 
ultrabinafsha nur ta'sirida ayrim qismlarning kimyoviy bog`lari o`zgarib, timinli 
dimer hosil bo`ladi. Reparatsiya fermentlari shunday tabiiy bo`lmagan dimerlarni 
parchalaydi. Hosil bo`lgan bo`shliqni oligonukleotidlar orqali DNK-polimeraza I 
fermenti to`ldiriladi. Mazkur fragmentlar DNK-ligaza enzimlari tufayli DNK 
molekulasiga kovalentli bog`laydi. Shu asnoda shikastlangan DNK molekulasi 
tabiiy holatga keltiriladi.


47 
Yuqori harorat ta'sirida purin nukleotidlari azot asoslaridan ajralib, 
replikatsiyada ishtirok eta olmay qoladi. Bu jarayon reparatsiyasi maxsus ferment 
apurinli endonukleaza orqali amalga oshadi. Bu reaksiyalar ham timinli dimerlar 
reparatsiyasiga o`xshaydi.
DNK molekulasidagi azot asoslarining turli xil kimyoviy alkillash asosida 
hosil bo`lgan metillangan birikmalari DNK-glikozilaza degan ferment guruhlari 
orqali reparatsiya qilinadi. Shikastlangan nukleotidlardan azot asoslari ajratilsa 
ham, uglevod, fosfor qoldiqlari o`zgarmaydi. Ajratilgan alkillangan azot asoslari 
o`rniga tabiiy azot asoslarini DNK-glikozilaza fermentlar DNK zanjiriga 
bog`laydi. 
DNK sintezida xatolik reparatsiya orqali tuzatilmasa, replikatsiya jarayoni 
to`g`ri kechmaydi. DNK molekulasidagi bunday o`zgarishlarni mutatsiya deb 
ataladi. Mutatsiyalar o`z-o`zidan (spontanli) va indutsirlanish asosida bo`lishi 
mumkin. Organizmda DNK molekulasida o`z-o`zidan mutatsiya bo`lish 
chastotasining ehtimoli juda kam bo`lib, 10
-5
-10
-8
ga teng. DNK molekulasidagi 
mutatsiyalar aksariyat tashqi omillar ta'sirida (radiatsiya, viruslar, kimyoviy 
agentlar) sodir bo`ladi. Genomga ta'sir qiluvchi mutagenlar ichida atrof-muhitning 
ifloslanishiga sabab bo`luvchilar xavfli hisoblanadi. Sanoat chiqindilari suv va 
havoni buzilishi genomga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Oziq-ovqatga qo`shiladigan 
bo`yoqlar, stabilizatorlar, yoqimli ichimli moddalarning ayrimlari mutagen 
bo`lganligi uchun ularning ishlatilishi hozirgi kunda qat'iy nazoratga olingan. 
Ko`pchilik dorivor moddalar ham mutagen bo`lib, ularning genomga ta'sir qilishi 
aniqlanmoqda. 

Download 436,67 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 436,67 Kb.
Pdf ko'rish