• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish kabi zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko’rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy sohalar
  • Vazirligiga qarashli muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekomunikatsiya texnologiyalari




    Download 113,64 Kb.
    bet7/10
    Sana04.12.2023
    Hajmi113,64 Kb.
    #110663
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    LOYIHA,KURS ISHI

    Beshinchi bosqichda dastur amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga muvofiq yaratilgan bólsa, u holds bu bosqich eng muhim bosqich sanaladi. Bunda avvalgi dasturda foydalanilgan qurilma va maʼlumotlar yangi dasturga moslanadi. Ushbu dastur bilan ishlovchi mutaxassislar óqitiladi. 
    Oltinchi soʻnggi bosqichda qoʻllab- quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga tavsiyalar beriladi.
    Bu yerda Klient yani siz tomonda sizning Brauzer va u tushunadigan web dasturlash tillari (HTML,CSS,Java Script) turgan bo'lsa, server tomonda Apache -> Web server, PHP -> PHP tili uchun interpretator va ma`lumotlar ombori bilan ishlash uchun vosita (bu MYSQL, Oracle va boshqalar bo'lishi mumkin) turibdi. Bundan tashqari server tomonida yana boshqa tillar ham bo'lishi mumkin. Hullas, siz qachonki brauzerdan kerakli sayt nomini kiritganingizda bu so'rovingiz DNS serverdan saytga mos IP bo'yicha kerakli serverga boradi, so'rovingiz Brauzerda kiritilgani uchun ham ko'pincha standart HTTP protokoli bo'yicha yuborilgani uchun uni Web server kutib oladi va so'rovingizga mos papkadan index faylni qidirib topadi. Undagi bog'lanishlardan kelib chiqib kerakli fayllarni yuklaydi, bu fayllarni kengaytmasiga qaraydi, agar kengaytmasi .html bo'lsa uni shundoq, aks holda masalan .php bo'lsa PHP serverdagi interpretator orqali brauzer tushunadigan tilga tarjima qildiradi(shuni ichida ma`lumotlar bazasidan ham kerakli ma`lumotlar yuklab olinadi) va natijani sizni brauzeringizga jo'natadi. PHP dasturlash tili yordamida sayt yaratish uchun avvalo o'z shaxsiy komputeringizda Virtual server o'rnatishingiz lozim. Masalan Denwer, yoki XAMPP yoki WAMPP Brauzeringiz o'zi tushunadigan tilda kelgan sayt kodlarini natijasini ekraningizda sizga ko'rsatib beradi va siz tayyor saytni ko'rasiz. Demak, agar web dasturlash bilan shug'ullanaman,deydigan,bo'lsangiz,,minimum.Bunda HTML-> Sayt karkasini yasaydi, CSS- saytni pardozini(dizaynini) amalga oshiradi, Javascript - saytni dinamikasi(haraktlarini) ta`minlaydi, PHP - saytni mantiqiy amallarini bajaradi(masalan siz login bo'lganmisiz, yoki yo'qmi, login bo'lgan bo'lsangiz sizda nimalar chiqadi, aks xolda nimalar...), MySQL - PHP bilan hamkorlikda saytga ma`lumotlar bazasidan ma`lumotlarni o'qib olish, yozish, o'zgartirish uchun xizmat qiladi. Programmani yaratish jarayonidagi uning nomlari Beta versiya - bu versiya programmani ommaga havola qilinib, ularning fikri bo`yicha programmaga turli o`zgartirishlar kiritiluvchi versiyasi. Programmaning bu versiyasi, odatda, tekin bo`lib, ko`pchilik hukmiga havola etiladi. Programmaning bu versiyasi orqali sizga yetkazilgan ziyon qoplanmaydi(fayllaringizning o`chib ketishi, OS ning buzilishi va h.k.). Hozirda ko`pchilik firmalar o`z mahsulotlarini Beta versiyasini chiqarib, o`z mahsulotlarini takomillashtirib bormoqdalar. Bundan, programma ishlab chiqarish bo`yicha yetakchi bo`lgan Microsoft korporatsiyasi ham mustasno emas(Windows Vista, Office 2007, Exchange Server 2007, Internet Explorer 7 va h.k.). Release Candidate(versiya nomzodi) - bu versiyaning nomidan ma'lumki, u haqiqiy, sotuvga chiqariladigan versiyaga kandidat(nomzod)dir. Bu kabi versiyalar qisqacha RC deb ataladi. Shu turdagi versiyalar esa, RC1, RC2 kabi nomlanadi. Ko`pchilik RC versiyalar sotuvga chiqariladi, chunki bu versiya o`zida ma'lum bir imkoniyatlarni jamlagan bo`ladi va bu versiya orqali yetkazilgan zarar programmani yaratgan firma tomonidan qoplanadi. Final Release(so`nggi versiya) - programmani yaratishda qo`yilgan maqsadni "to`liq" amalga oshiruvchi versiya. Bu versiyani "alfa" versiya deb ham atashadi. Bu versiya o`z bahosida sotiladi, unga ko`rsatiluvchi xizmatlarning barchasi programma yaratuvchisi tomonidan ko`rsatiladi. Build XXXX(XXXX - qurish) - bu, odatda, versiya hisoblanmaydi. XXXX ning o`rnida biror son keladi. Bu son programmaning kompilyatsiya(programmalash tilidan haqiqiy bajariluvchi kodga o`tkazish) sonini bildiradi. Programma yadrosi(qo`shimchalarsiz, asosiy qism)ga nisbatan yuritiladi. Masalan, Windows Vista Beta 2 Build 5308 - Windows Vistaning Beta 2 versiyasi turkumida 5308-kompilyatsiya(OSga nisbatan "kompilyatsiya"ni ishlatish noo`rinroq:)). Update(yangilash) - programmaning biror teshigini(biror kichik xato, kamchiligi) tuzatuvchi kichik yordamchi programma. Bu yordamchi programmaning hajmi, odatda, kichik bo`lib, faqat o`sha kamchilikni tuzatishgagina xizmat qiladi. Ya'ni bu programmacha biror *.dll faylni yoki programmaishlatuvchi funksiyalardan birortasini "tuzatib" qo`yadi, xolos. Bunday Update("qarz")lar har doim tekin bo`ladi. Service Pack(xizmat paketi) - o`zida bir qancha Update lar bajaruvchi amallarni saqlovchi paket. Uning qisqacha nomi SP. Programmaning haqiqiy versiyasi yoki avvalgi SP dan shu paytgacha bo`lgan xatoliklarni birdaniga tuzatuvchi programma. Ya'ni, u bir qancha Update lar ishini o`zi bajaradi. Masalan, Windows XP chiqqanidan so`ng, taxminan bir yildan keyin SP1 chiqdi. Bundan kelib chiqadiki, Windows XP SP1 bir yil davomidagi xatoliklarni tuzatuvchi paket hisoblanadi. SP ham programma ishlab chiqaruvchi firmaning xatolari tufayli kelib chiqqan xatolarni tuzatgani uchun tekin bo`ladi. Trial(yoki demo)-versiya(vaqtinchalik) - bu versiya, programma sotuvga chiqarilgandan so`ng tekin tarqatila boshlaydi. Bu versiyaning asosiy maqsadi foydalanuvchilarni ushbu programmani sotib olishga jalb qilish va ularni programma bilan tanishtirish. Trial versiyalar, odatda, ikki xil bo`ladi: a) vaqt bo`yicha chegalangan; b) imkoniyatlar bo`yicha. Vaqt bo`yicha chegaralangan versiya ma'lum muddat, masalan, 30 kun ishlaydi va shundan so`ng boshqa ishga tushmaydi. Bu holatda siz programmani sotib olishingiz kerak. Odatda, vaqt bo`yicha trial-versiyalar programmaning hamma imkoniyatlarini o`zida saqlaydi. Imkoniyatlar bo`yicha versiya esa programmaning sotib olingan versiyasining nechadir foiz imkoniyatlarini o`zida saqlaydi yoki ma'lum cheklanishlar qo`yilgan bo`ladi. Bu versiyaning ishlash muddati chegaralanmaydi. Yuqo`ridagi ikki holatdan tashqari yana bir holat bor. Bunda programmaning hamma imkoniyati saqlanadi, muddat ham berilmaydi, faqat foydalanuvchiga programmani sotib olish haqida eslatib turiladi. Bu esa ko`pchilikning jig`iga tegishi mumkin. Ko`pchilikka ma'lum Total Commander programmasi shu kabi programmadan biri, u har ishga tushganida 1, 2, 3 deb nomlangan knopkalardan birini bosishingizni talab qiladi. Dasturlashni o'rganishni nimadan boshlash kerak? Eng avvalo insonda kuchli qiziqish bo'lishi kerak. Lekin bu hammasi emas. Dasturchi bo'lish uchun matematika yoki geometriya fanlarini ham yaxshi o'qigan bo'lishingiz kerak deb o'ylaymiz. Aslida dasturlash uchun matematika yoki geometriya unchalik ishlatilmasligi mumkin. Aytmoqchimizki aniq fanlarni yaxhsi tushunaolgan inson dasturchi bo'lishi ham oson bo'ladi. Agar dasturchi bo'lishga qaror qilgan bo'lsangiz, Dastlab eng sodda tildan boshlash kerak 1-navbat HTML tilini o'rganasiz. 2-navbat CSS va Javascript asoslarini o'rganasiz. 3-navbat Delphi yoki Java asoslarini o'rganasiz. Yana Mobile telefonlar (Android, iOS) uchun dastur tuzish usullari bilan qiziqib ko'rasiz Endi oldingizda 3 ta katta yo'l chiqadi. Siz esa shu yo'lning biridan yurishingiz kerak. 1-yo'l. Web App yoki web dasturlash yo'nalishi. asosan internet bilan ishlaydigan dasturlar yaratish 2-yo'l Win, Linux App ya'ni Faqat Komputer uchun dasturlar tuzish 3-yo'l Mobile dasturlash ya'ni Hozirda ommabop Android, iOS (Iphone) uchun dasturlar tuzish Agar 3 ta yo'lni ham o'rganaman desangiz katta natijaga erishish qiyin. Chunki ularning har biri katta bir olam misolidir. 

    I.BOB.BO’YICHA XULOSALAR
    1.1.Xulosa qilib aytish kerakki zamonaviy axborot texnologiyalari qo’llanilayotgan bugun har yerda, har qadamda uchratish mumkin. O’quvchi- yoshlarni zamonaviy axborot texnologiyalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o’rgatish, ularda o’z faoliyat sohasida yangi axborot texnologiyalari va interfaol usullardan foydalanish o’rganilayotgan mavzuning yana keng qamrovli tushunib olishga , bilim ko’nikma va malakalarning mustahkamlanishiga olib keladi.
    1.2. zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi jamiyat hayotidagi ziddiyatlarga qanday ta’rif berishi hamda uning nazariy jihatdan mazmun-mohiyati jahon iqtisodiyotining hozirgi zamon bosqichida o‘z aksini qanday topayotganligi va axborotlashgan iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatib bermoq hozirgi kunda o‘ta muhim masalalardan biridir.
    1.3.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish kabi zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko’rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy sohalar, ilm-fan va texnikani rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda jamiyatni yuqori texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz, global tarmoqqa ulanmasdan va axborot resurslaridan foydalanmasdan rivojlantirib bo’lmaydi. 

    II.BOB.XXI ASRDA AXBOROT VA BOZOR CHAMBARCHASLIGI
    2.1.XXI ASRDA AXBOROTLASHGAN BOZOR JAMIYATI
    Tarixga nazar soladigan bo’lsak har bir davrda yoki har bir rahbarning boshqaruv uslubi farq qilinishidan ham anglab olishimiz mumkinki boshqaruv jarayonlari, uslublari, motivatsiya va boshqaruvgaoid nazariy jihatlari mumtazam ravishda rivojlanib, takomillashtirilib kelinganligini ko’rishimiz mumkin. Hozirgi kunga kelib O’zbekiston Respublikasi o’z taraqqiyot yo’lini naqadar to’g’ri tanlaganligi islohotlarning izchil kechayotganligida, har bir o’zgarish aniq maqsadni ko’zlagan holda, mukammal ishlangan dasturlar asosidaamalgaoshirilayotganligidao’z ifodasini topmoqda. Har qanday davlatda yuqori taraqqiyot darajasiga erishish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotni ustuvorligini ta’minlash, mavjud tabiiy resurslarni ishga solish, insonlar orasida ma’naviy va ma’rifiy qadriyatlarni tiklash talab etiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o’zining mustaqil taraqqiyot yo’ligaasoslangan holda, bozor iqtisodiyotiga to’la ishonch bilan o’tib bormoqda. Yurtboshimiz I.A.Karimov aytganlaridek: “Siyosiy mustaqillik rivojlangan, o’zaro mutanosib, to’laqonli iqtisodiyot bilan mustahkamlanmas ekan, u bor yo’g’i quruq, baland parvoz gaplar, sohtaobro’ orttirish vositasigaaylanib qolaveradi.Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklariga e’tibor beradigan bo’lsak qadim zamonlarga borib taqalib, Yuliy Sezar, Aleksandir Makedonskiy, Turkistonda esao’rtaasrlar davridaAmir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab boshqaruv jarayonlariga, boshqarish usullarini takomillashtirishga bo’lgan e’tibor yanada kuchayib, shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. O’sha davrning boshqaruviga ma’sul shaxslari ya’ni menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida, odamlarni jazo bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni qo’llaganlar. Bunday boshqaruv jarayonidaxodimlaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko’proq, qo’shimcha daromad undirishning g’oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarga “Qo’rquv bilan umid o’rtasida ushlash” bo’yicha boshqarish uslubi sabab bo’lgan. Shu bilan bir qatorda, bobomiz Amir Temur har qanday kuchli davlatni barpo etishda undagi intellektual bilim salohiyatiga ega bo’lgan insonlarga qattiq ishonib, ularga katta e’tibor berishgan. Xususan, u o’z tuzuklarida mamlakatning rivojlanishi o’n ikki ijtimoiy toifa kishilarga bog’liqligi va ularni imkoni boricha xurmat e’tibor bilan tinglash zarurligini va shu bilan birga jamiyatda ishbilarmon tadbirkor odamlarga ham keng sharoitlar yaratib berish zarurligini yozib o’tganlar. O’rtaOsiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy jihatlari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’lgan. Ammo ular Amir Temur hukumronligi davriga kelib ma’lum shaklni kasb etgan, bungaAmir Temurning “Temur tuzuklari” asari yorqin misol bo’laoladi. Sohibqiron Amir Temur o’z tuzuklarida «Tajribamda ko’rilganki, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan, yaxshidir. Chunki tajribali bir kishi ming kishiga ish buyuradi»3 , deb tarif bergan edilar. “Temur tuzuklari” jahonga mashhur asarlardan biridir. Uning qo’lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Armaniston, O’zbekiston va boshqalar) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qism Amir Temurning o’z davlatini barpo etish va uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo’shin tuzish borasida tatbiq etgan “tuzuklari” va rejalaridan iborat bo’lib, unda hatto qo’shinning jangovor saflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko’rsatib berilgan.Asarning o’n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa Sohibqironning kuchli davlatni barpo etish, qo’shin tuzish va dushman lashkarlarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari vaamalgaoshirgan ishlari o’z ifodasini topgan. Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon davlat arbobi bo’lgan. U o’zi tuzmoqchi bo’lgan davlatning markaziy apparati va mahalliy hokimiyatning qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari hamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasigaaylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish vakadrni boshqarishning samarali usullarini izlashgaolib keldi. Natijada, boshqaruv to’g’risidagi ilm-fan vujudga keldi. Biz kadrni boshqarish tushunchasini tasvirlar ekanmiz, eng avvalambor korxona va tashkilotlarda xodim tushunchasi nimani anglatishini, umuman olganda esa inson resurslari va ularni korxonakadri nuqtai nazaridan talqin qilib olishni bilib vaanglab olishimiz lozimligi biz oldimizda turgan eng muhim ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib qolmoqda. Inson resurslari deganda dunyodagi barcha insoniyat tarkibi kiradi va u o’ziga yarashaoldiga qo’yilgan boshqaruv vazifalarini bajaradi. Xodimlari esa, asosan mehnatga layoqati bor bo’lgan insonlar doirasi bilan chegaralanadi. Albatta, bu ko’rsatkich ko’p davlatlarda har xil chegaraga ega bo’lishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasida mehnat resurslari 18 yoshdan boshlanib to nafaqaga chiqish yoshgacha yoki davrigacha bo’lgan aholi mehnatga layoqatli deb hisoblanadi.Kadr haqiqiy ishlayotganlar yoki boshqachaaytganda, tashkilotlar tarkibiy ro’yxatida hisobdan o’tgan xodimlarining qismigaaytiladi. Tashkilot deganimizda xususiy tadbirkorlikdan tortib, to yirik davlat korxonasigacha bo’lgan turli xildagi faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar 14 tushuniladi. Kadr tarkibigaan’anaviy taqsimot bo’yicha tashkilotdagi barchaxodimlari, jumladan, kadrlar va boshqalar kiradi. Kadr tashkilotning mehnatga layoqatli insonlar turkumini tashkil etib, o’ziga xos guruhlarga taqsimlanadi (rahbarlar, ishchilar, xizmat ko’rsatuvchi, o’qituvchilar va boshqalar). Kadrlar ma’lum mutaxassislikka, salohiyat va qobiliyatga ega bo’lgan xodim xisoblanadi. Kadrni boshqaruvi tanlash, tayyorlash, tashkilot kadri faoliyatini tashkil etish, ish haqi va boshqa ijtimoiy-ruhiy faoliyatini olib borish tadbirlari majmuasini tashkil etadi. Kadrni boshqarish deganda, korxonada band bo’lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo’yichao’zaro bog’langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Bunday boshqaruv funksional va tashkiliy boshqaruvlarga bo’linadi. Funksional boshqaruv deganda, bevosita kadrlar masalasini yechish bilan bog’liq masalalar, ya’ni kadrlarni tanlash, ishdan bo’shatish, malakasini oshirish, ish xaqi haqidagi tushunchalar tushuniladi. Tashkiliy boshqaruv tushunchasi kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi barcha shaxs va institutlar, ya’ni rahbarlar, kadrlar bo’limi, kasaba uyushmalar va boshqalarni o’z ichigaoladi. Boshqaruv tizimi to’g’risida ikki og’iz so’z. Kadrni boshqarish tizimi deganda, korxonada band bo’lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zaruriy shartsharoit yaratish bo’yichao’zaro bog’langan iqtisodiy-tashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Tarkiban bu tizim quyidagilarni o’z ichigaoladi (1.1-jadval). Yuqorida keltirib o’tilgan barcha ko’rsatkichlarni o’z vaqtidakadrning faoliyat ko’rsatish muhitida qo’llanilsakadrning ishlash samaradorligi shu bilan bir qatorda korxonaning rentabellik darajasi ham o’ta juqori ko’rsatkichlarga erishaolishini bir nechta bor kuzatishimiz mumkin bo’lib hisoblanadi. Har bir xodim ishlash joyini 15 ya’ni tashkilot yoki korxonani o’zligicha ko’rishi kerak emas uni xuddi o’z uyi dek his etishi, shu tuyg’uni his etgan holda ishlashi lozim. Aks holda korxonadao’sish ko’rsatkichi rivojlangan mamlakatlardagi oilaviy muhit singari faoliyat olib borayotgan korxonalardagi ko’rsatkichlaridan past ko’rsatkichni ko’rsatishi muqarrar bo’lishi aniq bo’lib qolmoqda. Inson resurslarini boshqarishning asosiy maqsadi ishchilar vakadrning qobiliyatlarini yanada jadal va unumli mehnat qilishga qo’zg’atishdir. Inson resurslariga e’tibor, odamlarga nisbatan jiddiy, mas’uliyat bilan yondoshish xodimlarini boshqarishning bosh g’oyasidir. Insonlar jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Shunday ekan, ular beto’xtov yaratilishi kerak. Zamonaviy ishlab chiqarishda inson resurslarining sifat ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. 5 Abdurahmonov K.X. Mehnat iqtisodiyoti. Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. Hayotdahar bir rahbarning ish uslubi har xil bo‘ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijobiy tomonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolgaqarab ish tutishi va bo‘ysunuvchilarning o‘ziga xos shaxsiy hislatlarini hisobgaolib muomala qilishi kerak. Iqtisodiy hayot sub’ekti sifatidagi inson to’g’risidagi tasavvurlarning uzoq vaqt mobaynida rivojlanishi natijasida bir qator tushunchalar: «ishchi kuchi», «mehnat resurslari», «mehnat potensiali», «inson omili», «inson kapitali» va hamda hozirgi kunda «xodim» tushunchalari vujudga keldi. Quyidagi jadvalda tilgaolib o’tilgan barcha tushunchalar paydo bo’lish vaqtiga va faol ishlatila boshlash davri izchilligiga muvofiq tarzda keltirib o’tilgan (1.4-jadval).Mazkur davrlarda jamiyatning sekin-asta insonning iqtisodiyotdagi rolini va uni o’rganishda to’laqonli yondashuvning kuchayishini aks ettiradi. U yoki bu tushunchao’zi vujudga kelgan paytdao’zidaaniq, ifodalangan ma’no kuchiga ega bo’ladi, biroq, keyinchalik u inson to’g’risidagi hozirgi bilimlar nuqtai nazaridan talqin qilinadi. Boshqaruv nazariyalari boshqaruvga doir turli maktablar bilan birgalikda rivojlandi, shuning uchun bu maktablar uning nomidao’z izini qoldirdi. O’tgan bir asr mobaynida (sanoat inqilobi davri) insonning tashkilotdagi roli jiddiy ravishdao’zgardi. Hozirgi vaqtda boshqaruv nazariyalarining uch guruhi mavjud bo’lib, ular: klassik nazariyalar, insoniy munosabatlar nazariyalari va inson resurslari nazariyalaridir. Aslida insonni boshqarish faqat XIX asrning oxirlarida vujudga kelgan bo’lib, bu vaqtda ishlab chiqarishning fabrika tizimi paydo bo’ldi. Mehnatning bir xil, kam malaka talab qiladigan, anchaoz haq to’lanadigan, xavfsizlik texnikasi zaif bo’lgan mutlaqoo’ziga xos shart-sharoitlar yaratildi. Ish bilan bandlarning o’z huquqlari uchun kurash olib borishi boshlandi. Kasaba uyushmalari yuzaga keldi, mehnat qonunlari, baxtsiz hollardan sug’urtalash ishlari yo’lga qo’yila boshlandi.

    Download 113,64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 113,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligiga qarashli muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekomunikatsiya texnologiyalari

    Download 113,64 Kb.