|
C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun moʻljallangan til. JAVASCRIPT
|
bet | 6/10 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 113,64 Kb. | | #110663 |
Bog'liq LOYIHA,KURS ISHIC kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun moʻljallangan til. JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish uchun moʻljallangan til. SCRATCH dasturlarni oʻrganish uchun eng mos vizuallashgan dasturlash tili. JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun moʻljallangan dastur yozuvchi til. PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun moʻljallangan til. PYTHON turli masalalarni yechish, sunʼiy intellekt tizimlari uchun moʻljallangan dasturlash tili. Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++, Pascal, Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega.IDE (Integrated Development Environment- integrallashgan dasturlash muhiti) — dasturiy taʼminot yaratish uchun dasturiy vositalar majmuasi.Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega bólib, dasturlash tillarida Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega boʻlib, dasturlash tillarida dastur yozish shu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga oʻxshash boʻlib, bir necha bosqichni óz ichiga oladi, dastur yozish shu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga oʻxshash bólib, bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi.
Birinchi bosqichda dastur uchun talab aniqlanadi. Ushbu jarayonda dasturning qanday maqsadda qoʻllanilishi, kirish va chiqish maʼlumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish, uni joriy etishning narxi baholanadi.
Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi ishlab chiqiladi. Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar hamda ish rejasining grafigi tuziladi
Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu kodlash (dasturlash) jarayoni boʻlib, tuzilgan algoritm dasturlash tilida yoziladi.
Toʻrtinchi bosqichda kodlash jarayoni tugab, dasturdagi xatoliklarni aniqlash va testlash boshlanadi. Bu jarayonda dasturning oʻgʻri tuzilganligi, ishlash samaradorligi va boshqa parametrlariga aniqlik kiritiladi.
|
| |