|
Vazirligiga qarashli muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekomunikatsiya texnologiyalari
|
bet | 9/10 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 113,64 Kb. | | #110663 |
Bog'liq LOYIHA,KURS ISHI2.3.AXBOROT VA BOZOR MUAMMOLARI.
1980-1990 yillarda dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar. Bu vfqtga kelib, iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan ko‘rib chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. CHunki, bu vaqtga kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bozor iqtisodiyot.Bu vaqtga kelib ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo‘li – ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo‘lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari (modellari) xilmaxil bo‘lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo‘llari umumlashtirilib, quyidagi to‘rtta asosiy turga bo‘linadi: 1) rivojlangan mamlakatlar yo‘li; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li; 3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li; 4) sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li. Bu yo‘llar turli tuman va har xil bo‘lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, bu yo‘llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi. SHu bilan birga har bir yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi.Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati – bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. SHu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi.Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni sotsializm qurish g‘oyalari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ushbu g‘oyalarning muhim jihatlarini saqlab qolgan holda bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish orqali o‘ziga xos o‘tish yo‘lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko‘rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning barchasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarining o‘ziga xos xususiyatlaridirJahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo‘l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyusion yo‘l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdagina va batamom sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyusion yo‘l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega: 1) uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi; 2) xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi. Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish; - resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish; - narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish; - ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish. 2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi: - barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi; - bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi; - kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish;3. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi: - mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish; - bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish; - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish; - bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar. 4. Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi. Bu yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriybuyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo‘ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi bozor munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi.Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsa-da, turli mamlakatlar turli yo‘llarni tanlashlari mumkin. YUqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tishning revolyusion va evolyusion yo‘llari mavjud. Polsha, CHexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion yo‘lini, birdaniga katta to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi.
«Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‘tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi». «O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik», deb yozadilar mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov.Bu yo‘lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: - iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash; - o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi; - butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi; - bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish. - bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.Birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. SHu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. SHu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi bir qator vazifalarni ko‘rsatib berdi: • davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish;.1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish; 2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish
II.BOB.BO’YICHA XULOSA.
2.1.Bu sohada ham ko‘pgina ishlar qilindi va qilinmoqda. Mazkur tizimlardan
foydalanuvchilar ruxsat olishini ko‘zlab, yo‘ldosh aloqasidan va raqamli kanal
aloqalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Xalqaro kanallarning
Intеrnеt tarmog‘iga ulanishi ta’minlanib, ularning o‘tkazuvchanlik imkoniyatlari
o‘tgan yilning 1 iyuli holatida 239,1 MbitG`s ni tashkil etdi. Intеrnеt xizmati
abonеntlari soni 2 mlndan oshib kеtdi. Holbuki, bеsh yil muqaddam bu
ko‘rsatkichlar mos ravishda 8,5 MbitG`s va 130 mingta edi
2.2.O‘zaro ta’sir etuvchi segment – axborot mahsulotlarini ishlab chiquvchilarning o‘zaro
ta’siri, masalan standartlar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Vazirligiga qarashli muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekomunikatsiya texnologiyalari
|