|
2.2.Axborotlashgan bozor rivojlanish tarixi……………………………………
|
bet | 2/10 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 113,64 Kb. | | #110663 |
Bog'liq LOYIHA,KURS ISHI22
2.2.Axborotlashgan bozor rivojlanish tarixi……………………………………..
|
27
|
2.3.Axborot va bozor muammolari………………………………………………
|
32
|
Ikkinchi bob bo’yicha xulosa…………………………………………………….
|
37
|
Umumiy xulosa…………………………………………………………………..
|
38
|
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….….
|
40
|
|
|
KIRISH
Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot shiddati bilan
Rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan
Zamonaviy yuqori texnologiyalar axborot kompyuter
Tizimi asrida yashayotganimizni unutmasligimiz kerak
I.A.Karimov
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. Axborot texnologiyalari haqida tushuncha.Yangi o‘quv fani bo‘lgan «Axborot texnologiyalari» fanida ахborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari vа vazifalari, axborotlarni qayta isvlash, axborotlarning amaliy ahamiyati vа boshqa xususiyatlari o‘rgatiladi. «Axborot texnologiyasi» fani matematika, fizika, informatika vа boshqa qator fanlar bilan bevosita bog’liq. «Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so‘zi lotincha «thexnos» – san’at, hunar, soha vа «logos» – fan degan ma’noni bildiradi. Ya’ni texnologiya – biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko‘rinishini bildiradi. Axborot texnologiyalari axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul vа vositalari majmuidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi vа rivojlanishini belgilovchi ichki vа tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsif1ash mumkin:
ichki omillar – bu axborotlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari,
xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash vа h.k.
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy
vositalar – orqali axborotlar bilan turli vazifalarni аmalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit’a)da yashovchi o‘rtog’ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, dey1ik. Buni turli yo‘llar orqali аmalga oshirishingiz mumkin. Siz o‘rtog’ingizga o‘z fikringizni (o‘z navbatida, o‘rtog’ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin: 1) aloqa bo‘limi orqali (yozma ravishda); 2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki); 3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, Bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo‘ladi vа natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o‘zingiz belgilab olasiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni аmalga oshirish uchun ketadigan mablag’larni chamalab ko‘rishingiz lozim, aks holda uni amalga oshira o1mas1igingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko‘rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni vа mohiyatiga bog’liq.
Pirovardida, o‘zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon (hech bo‘lmaganda arzonrog’i) vа sifati yuqori bo‘lgan usulni belgilab olasiz.
Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1chi vа 2-bandda ko‘rsatilgan usullar bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz vа undan foydalanishni yaxshi bilasiz.
Zamonayiy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko‘nikma vа malakalariga bog’liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy telekommunikatsiya vositalarining o‘zi nimaligini bilib olishingiz kerak.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga informatika vа hisoblash texnikasi asoslari fanidan ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi. XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya’ni ХХI asrni axborotlashtirish vа kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima vа uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savol1ar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.Hozirgi kunda har bir tashkilot, o‘quv muassasasi, firma vа ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar vа xodimlar faoliyatining samarador1igini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma’lum darajada aytomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug’ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko‘radi vа pirovardida o‘zida avtomatlashtirish uchun kerak bo‘ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi. Albatta, tashkilotlarga o‘rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildan – yilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashib boradi.
|
| |