|
VI BOB.
DASTURLASH TEXNOLOGIYASIBog'liq Informatika 5 uzb 2020 www.idum.uzVI BOB.
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI
Algoritmning tasvirlash
usullari
4. Dastur ko‘rinishda
3. Grafik blok sxema
ko‘rinishda
2. Formula ko‘rinishda
Ammo insondan farqli ravishda, “Texnik qurilmalar berilgan buyruq
va ko‘rsatmalarni qanday tushunadi va bajaradi?”, “Ular qanday
masalalarni hal qila oladi”, “Qandaylarining esa uddasidan chiqa
olmaydi?” degan savollar tug‘ilishi tabiiy.
Bu kabi savollarga javob berish uchun biz, eng avvalo, texnik
qurilmalar tushuna va bajara oladigan barcha buyruq hamda
ko‘rsatmalarni o‘rganib chiqishimiz kerak bo‘ladi. Shundagina biz
ko‘rsatmalar asosida dastur yozish va uni boshqarish ko‘nikmasiga
ega bo‘lamiz.
Bunday jarayon informatika sohasida dasturlash, kompyuter tilida
yozilgan buyruq va ko‘rsatmalar yig‘indisi esa dastur deb ataladi.
Kompyuterlar uchun dasturlar maxsus dasturlash tillarida yoziladi.
Scratch dasturlash tili mana shunday tillar sirasiga kiradi.
Scratch inglizcha so‘z bo‘lib, chiziq, g‘ichirlash, pero, chipor,
boshlamoq kabi bir necha ma’noni anglatadi.
Scratching so‘zi esa dijeylar amalda qo‘llaydigan bir necha musiqiy
asarlarni birlashtirish jarayoni ma’nosidan kelib chiqqan.
Scratch dasturi multimediyali, grafik va tovushli uskunalar paneli,
klaviatura, sichqoncha, sensor kabi qurilmalar signallarini qayta
ishlash imkoniyatiga ega dastur hisoblanadi. Har qanday dastur
kabi Scratch dasturi ham o‘z interfeysiga ega.
1. Matn shakli
(yo‘riqnoma)
Kompyuterda ishni yakunlash
qanday bajariladi?
- Barcha ochilgan hujjatlar
saqlab qolinadi;
- Barcha ochilgan ilovalar
yopiladi;
- Ish stolidagi Пуск g
Завершение работы g
Отключить ko‘rsatmalari
bajariladi
SCRATCH DASTURINI ISHGA TUSHIRISH
VA INTERFEYSI BILAN TANISHISH
1-usul. Dastur o‘rnatilganidan keyin ish stolida yugurib
ketayotgan mushukcha rasmi bor yorliq (dastur belgisi) hosil
bo‘ladi. Dastur sichqonchaning chap tugmachasini
2 marta bosish bilan ishga tushiriladi.
2-usul. Bosh menyuning Пуск Все программы ro‘yxatidan
scratch dasturi yozuvi tanlanadi.
Dastur ishga tushirilgach, ekranda uning asosiy oynasi
(interfeysi) namoyon bo‘ladi. Barcha dasturlar kabi Scratch
muhiti ham o‘z menyusiga ega.
|
| |