9090
VI BOB.
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI
DASTURNI (LOYIHANI) ISHGA TUSHIRISH VA TO‘XTATISH
Yashil bayroqcha — Skript (dastur)ni ishga tushirish tugmachasi.
Pushti oltiburchak — namoyishni ixtiyoriy vaqtda to‘xtatish tugmachasi. Sahnaning yuqori
o‘ng qismida joylashgan.
Skriptlarni ishga tushirishning boshqa yo‘li. Bu blok skriptning eng birinchi
qatorida joylashadi. Yashil bayroqcha 2 marta sichqoncha tugmachasi bilan bosilsa,
barcha buyruqlar ishga tushadi.
1. Scratch dasturlash tili yaratilishi haqida ma’lumot bering.
2. Scratch dasturlash tili qanday ishga tushiriladi?
3. Dastur interfeysi qanday tashkil etilgan?
4. Blok nima?