103
32-DARS.
SCRATCH DASTURIDA SHAKLLAR YARATISH
103
Qarabsizki, bloklar orasida yangi buyruqlar hosil bo‘ladi.
Scratchda rasm chizish uchun avval ijrochi (sprayt)
tanlanadi, so‘ngra unga skript yoziladi. Peroni polotnodan
(sahna tekisligidan) tushirish yoki ko‘tarish uchun
PenDown va PenUp buyruqlari yordam beradi.
Scratch muhitida turli shakllar chizishga doir misollar
ko‘rib chiqamiz va yordamga
yana mushukcha Mukini
taklif etamiz.
1-mashq. Dasturni ishga tushiramiz va rangli bloklar
panelidan Pen buyruqlar bo‘limini tanlaymiz. Mushukcha
chizishni markazdan boshlash uchun
blok
tanlanadi, ko‘rinmas bo‘lishi
uchun spraytlar panelida
Show (ko‘rinish) Hide (yashirinish) tugmachalari
tanlanadi. Yoki Costumes bo‘limidan Show va Hide
bloklari ishlatiladi.
Informatika fanini o‘rganishda bolalar va o‘smirlar uchun eng qiziqarli mavzulardan biri bu —
“Kompyuter grafikasi”. Bundan avvalgi boblarda sizlar bilan Paint.Net grafik muharririda rasm
va tasvirlar hosil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ldik. Rasm yaratishda
biz dasturning maxsus
uskunalari va imkoniyatlaridan foydalandik. Scratch muhitida yaratilgan grafikli dasturlar
natijasi ham uning sahna deb atalgan maydonida namoyon bo‘ladi.
Shu sababli endi sahna
o‘lchamlari va koordinata tekisligi bilan tanishamiz.
Scratch muhitida dastur ishga tushirilganda, sprayt (obyekt) sahna o‘rtasida
joylashadi
va koordinata boshi sifatida harakat (0, 0) koordinatalardan boshlanadi. Bunda Dekart
koordinatalar tizimi ishlatiladi va uning o‘lchamlari X o‘qi bo‘yicha –240 dan + 240 bo‘lsa, Y
o‘qi –180 dan +180 gacha bo‘ladi. Agar rasm chizish jarayonida
kursor ekranning boshqa
nuqtasida paydo bo‘lib qolsa, u holda boshlang‘ich harakatini Go To (Идти) в Х= 0, У=0
buyrug‘i bilan belgilab qo‘yiladi. Dasturlash tillarida rasm va tasvirlar uskunalar yordamida
emas, balki kompyuterga kiritilgan buyruqlar orqali bajariladi. Bunday buyruqlar Scratch dasturi
kutubxonasida ham mavjud bo‘lib, ular bilan tanishib o‘tamiz.
Sahnada chiziqlar chizish uchun PEN (Pero)
blokidan foydalanamiz.
Bu bloklar
buyruqlar panelida bo‘lmasa, ularni qo‘shimcha buyruqlar guruhidan o‘rnatamiz.
Buning uchun dastur oynasining quyi chap burchagi tugmachasini bosamiz.
Ochilgan qo‘shimcha buyruqlar orasidan Pen (pero) bo‘limini tanlab olamiz.