80
24-DARS.
QATLAMLAR BILAN ISHLASH
80
V BOB.
GRAFIK MUHARRIRLAR BILAN ISHLASH
1-mashq. Qatlamlarga matn kiritish. Paint.Net
dasturini ishga tushirib, biror rasmni
yuklang. Matn kiritish uskunasi yordamida “SALOM” so‘zini kiriting.
Yangi qatlam hosil qilib,
bu qatlamga “MYAU…” so‘zini kiriting. Shunday usulda ixtiyoriy sonda qatlamlar hosil qilish
mumkin. Bu jarayondan qiziqarli muqova hosil qilishda foydalanish mumkin.
Qatlamlarni
birlashtirish va yagona bitta rasm hosil qilish uchun Слои Объеденить со следующим
слоем amali bajariladi.
2-mashq. Qatlamlarga rasmlarni joylashtirish.
1. Kompyuter
xotirasida saqlangan
biror rasmni (fon uchun) tanlang.
Rasm ustida sichqonchaning chap
tugmasini bosing va hosil bo‘lgan
kontekst menyudan “Открыть
с помощью — Paint.Net”
ko‘rsatmasini bajaring.
2. Dasturdan chiqmagan holda Файл Открыть ko‘rsatmasi yordamida ikkinchi rasmni
yuklab oling. (Bizning misolda kapalak rasmi).
3. Kapalak rasmini ajratib olish uchun uskunalar panelidan “Sehrli tayoqcha”ni tanlang va
kapalak rasmi chegarasidan tashqari biror bo‘sh sohaga chap tugmachani bosing.
4. Sichqoncha ko‘rsatkichini yana bir bor rasm (2) atrofidagi
ixtiyoriy joyiga bosib, Menyudan
ПРАВКА Обратное выделение – ko‘rsatmasini tanlaymiz.
5. So‘ngra Menyudan Правка Копировать yoki piktogrammasi tanlanadi.
6. Fon rasmiga o‘tamiz va Вставить amalini bajaramiz yoki uskunalar satridan
piktogrammani tanlaymiz.
81
24-DARS.
QATLAMLAR BILAN ISHLASH
81
3-mashq. Qatlamlarga rasmlarni joylashtirish
amallaridan foydalanib, quyidagi tasvirni
hosil qiling.
1. Grafikada qatlamlar qanday vazifani bajaradi?
2. Paint.Net dasturida qatlamlar qanday hosil qilinadi?
3. Qatlamlarni ko‘rinmas qilish uchun qanday amallar bajariladi?
4. Sehrli tayoqcha vazifasini tushuntirib bering.
5. Qatlamlar va shakllar uskunasidan foydalanib uy rasmini (dizaynini) yarating.
1. Quyidagi tugmachalar vazifasiga izoh bering.
A) Ctrl+D; B) Ctrl+Shift+Del; C) Ctrl+Shift+D; D) Ctrl+M.
2. Qatlamlarga qo‘yilgan rasmlarning o‘lchamini qanday o‘zgartirish mumkin?
3. Paint.Net dasturida qatlamlarga shakllarni
shunday joylashtiringki, qatlamlarni
birlashtirganda robot rasmi hosil bo‘lsin.
4. Paint.Net dasturida “Mening sevimli ertak qahramonim” mavzusida
ijodiy ish bajaring va
chop eting.