• 24-DARS. QATLAMLAR BILAN ISHLASH
  • UYGA VAZIFA  SAVOL VA TOPSHIRIQLAR




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/77
    Sana06.01.2024
    Hajmi35,55 Mb.
    #131067
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77
    Bog'liq
    Informatika 5 uzb 2020 www.idum.uz

    UYGA VAZIFA
     SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    Soyabonning tutqichi va chegara chiziqlari hosil qilinadi, so‘ngra uskunalar oynachasidan
    bo‘yoq (заливка), ranglar panelidan biror rang tanlanib, ochiq soha bo‘yaladi.
    Soyabon ustki qismi hosil bo‘lgach, uning tutqichini 
    to‘rtburchak shakli va egri chiziqlar 
    yordamida chizamiz. 
    Oval shaklidagi rasmning ostki yarim qismidan 3 ta bo‘lakni qirqib oling. Bunig uchun 
    uskunalar oynachasidan yana piktogrammasini tanlang. Shift tugmachasini bosib turgan 
    holda rasmning ostki qismidan 1/3 bo‘lagini belgilang. Shift tugmachasini qo‘yib yuborgandan 
    so‘ng Del tugmachasini bosing. Qolgan 2 ta qismi ustida ham shu ishni bajaring.


    79
    24-DARS. 
    QATLAMLAR BILAN ISHLASH
    79
    Paint.Net dasturida ham Photoshop grafik muharriridagi kabi Qatlamlar (Слои) bilan ishlash 
    imkoniyati mavjud. Qatlam o‘zi nima? 
    Qatlam bu — ishchi maydonning ustki qismiga joylashtirish mumkin bo‘lgan ko‘rinmas 
    (shaffof) mato. Har bir yangi qo‘yilgan qatlamda uskunalar panelidan foydalanib rasmlar 
    chizish yoki tayyor rasmlarni ochib, ular ustida turli amallar bajarish mumkin.
    Dastur interfeysida qatlamlar bilan ishlash uchun maxsus oyna mavjud bo‘lib, uning quyi 
    qismida joylashgan 7 ta tugmachaning vazifalari bilan tanishib chiqamiz: 
    1. Yangi qatlam hosil qilish.
    2. Faol qatlamni o‘chirib tashlash.
    3. Qatlamdan nusxa olish.
    4. Keyingi qatlam bilan birlashtirish.
    5. Qatlamni yuqoriga siljitish.
    6. Qatlamni quyiga siljitish.
    7. Xususiyatlar.
    Qatlam hosil qilish 
    Paint.Net dasturida yangi qatlamni hosil qilish uchun Mеню bo‘limidan Слои bandi tanlanadi 
    yoki bu ish Ctrl+Shift+N tugmachalari yordamida amalga oshiriladi.
    Ko‘pincha, qatlamlar bilan ishlash davomida ularni ko‘rinmas yoki aksincha, faol holatga 
    keltirish zaruriyati tug‘iladi. Bu amalni bajarish uchun dastur interfeysining chap tomonida 
    joylashgan qatlamlar oynachasiga murojaat etamiz. Unda hosil qilingan qatlamlar nomi 
    qatoridagi belgisi tanlanadi.
    Fonga rang berish uchun eng quyi qatlamni belgilab olish kerak.

    Download 35,55 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish