7272
V BOB.
GRAFIK MUHARRIRLAR BILAN ISHLASH
Paint.Net dasturida tasvirlarni yaratish juda qiziqarli jarayon hisoblanadi. Texnik
sabablarni inobatga olgan holda ularni vaqti-vaqti bilan saqlab turish zarur.
Windows tizimidagi barcha dasturlar kabi Paint.Net dasturida ham fayllarni saqlash
jarayoni deyarli farq qilmaydi. Bu jarayonning bir necha usullari bilan tanishamiz:
Rasmlarni
saqlash
1-usul
3-usul
2-usul
1-mashq. Qalam va mo‘yqalam bilan ishlash.
Paint.Net dasturini ishga tushiring. Файл bo‘limini oching va Создать buyrug‘ini tanlang.
Ishchi maydon o‘lchamini 500x500 qilib belgilang va Ok tugmachasini bosing. Ranglar
panelidan ko‘k rangni tanlang, uskunalar panelidan esa
piktogrammasini tanlab,
ishchi
maydonga sichqonchani olib borib, chap tugmachani 1 marta bosing. Natijada,
ish sohasi
to‘liq ko‘k rangga kiradi. So‘ngra uskunalar panelidan qalam yoki mo‘yqalamni, ranglar
panelidan esa sariq rangni tanlab, sichqonchani
chap tugmachasini
bosgan holda turli rasmlarni hosil qilamiz.
Mo‘yqalam tanlangach, yuqori panelda uning qo‘shimcha parametrlari
faollashadi. Mo‘yqalamning eni va qalinligi tanlanadi.
Chinor bargi. Uskunalar panelidan mo‘yqalam uskunasini tanlang. Uning
qalinligini 15, rangini och ko‘k qiling va ishchi
sohada chinor bargini hosil
qiling.