• UYGA VAZIFA SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 19-dars. AMALIY MASHG‘ULOT
  • 20-DARS. GRAFIK MUHARRIR INTERFEYSI VA USKUNALAR PANELI
  • MATN PROTSESSORIDA HUJJATLAR YARATISH




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/77
    Sana06.01.2024
    Hajmi35,55 Mb.
    #131067
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77
    Bog'liq
    Informatika 5 uzb 2020 www.idum.uz

    MATN PROTSESSORIDA HUJJATLAR YARATISH
    1. Hujjat sarvarag‘i qanday vazifani bajaradi?
    2. WordArt obyektlari nima maqsadda qo‘llaniladi.
    3. WordArt obyektlari hujjatga qanday joylashtiriladi?
    4. Hoshiya chiziqlari (ramka) hujjatga qanday qo‘yiladi?
    5. Hoshiya chiziqlarining qanday turlari mavjud?
    6. MS Word dasturining sarvaraq shablonlari haqida ma’lumot bering.
    № Uskunalar
    Vazifasi
    Uskunalar
    Vazifasi
    1
    2
    3
    4
    1. MS Word dasturida taklifnoma yarating. 
    2. WordArt obyektlaridan foydalanib, daftar sarvarag‘ini yarating. 
    3. Uskunalar vazifasini aniqlang va jadvalni to‘ldiring:
    UYGA VAZIFA
     SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
    19-dars. AMALIY MASHG‘ULOT
    Portfolio inglizcha so‘z bo‘lib, hujjatlar uchun papka yoki portfel ma’nosini anglatadi. 
    Portfolio ma’lum bir davr ichida shaxs tomonidan erishilgan yutuqlar, maqtov yorliqlari, 
    tashakkurnomalarni yoki o‘z qiziqishiga ko‘ra yaratgan badiiy asarlari, rasm va boshqa ijodiy 
    ishlari natijalarini saqlab qo‘yish uchun yaratiladi. Ularga murojaat qilish zarurati tug‘ilganda, 
    ular dastur tomonidan taqdim etiladi.
    Masalan, maktab o‘quvchisi o‘z portfoliosida quyidagi sahifalarni ochishi mumkin: 
    1. Sarvaraq; 2. O‘zim haqimda; 3. Mening oilam; 4. Mening do‘stlarim; 
    5. Mening ustozlarim;
    6. Dars jadvalim; 7. Mening qiziqishlarim.
    LOYIHA ISHI (PORTFOLIO YARATISH) 


    67
    20-DARS. 
    GRAFIK MUHARRIR INTERFEYSI VA USKUNALAR PANELI
    67
    Paint.NET — NET Framework platformasi asosida Windows NT operatsion tizimi uchun 
    yaratilgan rastrli grafik muharrir. Paint.NET dasturi Microsoft kompaniyasi yetakchiligida 
    Vashington Universitetining bir guruh talabalari tomonidan ishlab chiqilgan loyihadir. 
    Uning dastlabki versiyasi 2004-yilda yozilgan va 1.0 deb nom olgan. Keyinchalik uning 1.1, 1.2 va 
    boshqa versiyalari ham yaratildi. 
    U Windows operatsion tizimining standart dasturidagi Paint grafik muharririning ajoyib 
    o‘rinbosari hisoblanib, quyidagi imkoniyatlari bilan undan ustun turadi:
    • dastur qo‘llanilishi va tarqatilishining bepulligi; 
    • ikki va to‘rt yadroli mikroprotsessorlar uchun optimallashtirilganligi;
    • Photoshop dasturiga o‘xshash interfeysga egaligi;
    • bir vaqtning o‘zida bir necha hujjat bilan ishlay olish imkoniyatiga egaligi;
    • qatlamlar bilan ishlashni amalga oshira olishi;
    • unda ishlash jarayonining qulayligi.
    PAINT.NET dasturi va uning imkoniyatlari
    Paint.NET dasturi kompyuterga o‘rnatilgandan so‘ng, ko‘pgina dasturlar kabi ish stolida 
    uning yorlig‘i (dasturning grafik belgisi) aks etib turadi. 
    Dastur, odatdagidek, 
    пуск
    Панель управления
    язык и региональные
    yoki 
    orqali ishga tushiriladi va «Все программы» 
    ro‘yxatidan Paint.NET. tanlanadi.
    Paint.NET dasturini ishga tushirish
    Kompyuter texnikasi va yangi texnologiyalarning kundan-kunga takomillashib borishi 
    rassomlik, san’at, dizayn, arxitektura sohalarida ham yangi imkoniyatlarni yaratdi va buning 
    natijasida “Kompyuter grafikasi” deb nomlangan tizim vujudga keldi.
    Kompyuter grafikasi — kompyuter texnologiyalarining bir qismi, grafik tasvirlarni 
    yaratish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus dastur va vositalar tizimi.
    Ularga: Paint, Paint.Net, TuxPaint kabi dasturlar misol bo‘la oladi va ular umumiy 
    nom bilan grafik muharirlar deb yuritiladi. Ular o‘zining oddiyligi va qulayligi bilan kichik 
    yoshdagi foydalanuvchilar uchun ham ajoyib ilova hisoblanadi.

    Download 35,55 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   77




    Download 35,55 Mb.
    Pdf ko'rish