-dars. GRAFIK MUHARRIR INTERFEYSI VA




Download 35,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/77
Sana06.01.2024
Hajmi35,55 Mb.
#131067
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Bog'liq
Informatika 5 uzb 2020 www.idum.uz

20-dars. GRAFIK MUHARRIR INTERFEYSI VA 
USKUNALAR PANELI


68
20-DARS. 
GRAFIK MUHARRIR INTERFEYSI VA USKUNALAR PANELI
68
V BOB. 
GRAFIK MUHARRIRLAR BILAN ISHLASH 
Dastur interfeysi
Paint.NET dasturi ishga tushirilganda, ekranda quyidagi ko‘rinish namoyon bo‘ladi.
1. Sarlavha satri. Sarlavha satrida ochilgan tasvir (fayl) nomi va Paint.NET versiyasi aks etadi. Agar 
tasvirga nom berilmagan bo‘lsa, u “Безымянный” (“Nomsiz”) nomi bilan namoyon bo‘ladi. 
2. Menyu satri. Файл, Правка, Вид, Изображение, Слои, Коррекция, Эффекты bo‘limlari 
joylashgan. 
3. Uskunalar paneli. U yuqori va pastki qatordan iborat. Yuqori qatorda umumiy buyruqlarni 
bajarish tugmachalari va boshqaruv uskunalari joylashgan. Pastki qatorda faol bo‘lib turgan 
uskuna parametrlarini o‘zgartirish usullari joylashgan.
4. Rasmlar ro‘yxati. Ochilgan har bir rasm ro‘yxatda miniatyura ko‘rinishida saqlanib turadi. 
Ro‘yxatdan tanlangandan so‘ng, rasm ishchi oynada to‘liq aks etadi.
5. Ish maydoni. Dasturning ishchi sohasi hisoblanadi. Bu sohada rasm yaratish yoki qayta ishlash 
amallari bajariladi.
6. Uskunalar oynasi. Bu oynachada Paint.NET dasturining asosiy uskunalari joylashgan. Kursor 
bilan tanlash jarayonida ular faollashadi va uskuna nomi aks etib turadi.
7. Tarix oynachasi. Bu oynachada rasm bilan bajarilgan har bir amal saqlanib turadi. Dastur 
yopilgach, amallar tarixi ham o‘chadi.
8. Qatlamlar oynachasi. Barcha hosil qilingan qatlamlar bilan o‘chirish, qo‘shish, boshqarish, 
o‘rinlarini almashtirish amallari bajariladi.
9. Ranglar palitrasi oynachasi. Bu yerda ranglarni tanlash va boshqarish funksiyalari hamda 
ranglar shaffofligini sozlash elementlari mavjud.
10. Holat satri. Bu satrda kontekstli ma’lumot, rasmning o‘lchami, kursorning holati aks etib turadi.
Paint.NET dasturi uskunalar paneli 
Paint.NET dasturi foydalanuvchilar orasida ko‘proq muvaffaqiyat qozonib kelayotgan Photoshop 
dasturi uskunalari va imkoniyatlariga mos keladi. Faqat Paint dasturida “sehrli tayoqcha”, “gradient”, 
“klonlashtirish” yoki “shtamp” kabi uskunalar bundan mustasno.
2
1
4
7
8
10
5
9
6
3


69

Download 35,55 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Download 35,55 Mb.
Pdf ko'rish