|
-DARS.
WORDART OBYEKTI VA SARVARAQ (Bog'liq Informatika 5 uzb 2020 www.idum.uz18-DARS.
WORDART OBYEKTI VA SARVARAQ (
TITUL
TITUL
) YARATISH
65
WORD DASTURIDA SARVARAQ (TITUL) YARATISH
TEXNOLOGIYASI
Microsoft Word dasturida hujjatga sarvaraq yaratishning ham bir necha usuli mavjud. Ulardan biri
avvaldan tayyorlanib, dastur xotirasiga saqlab qo‘yilgan sarvaraqlar kolleksiyasi — shablonlardir.
Ular bilan ishlash juda qulay va ko‘p vaqt talab qilmaydi.
1. Shablonlardan foydalanish uchun Menyu tasmasidan Вставка bo‘limining Страницы
panelida joylashgan Титульная страница ko‘rsatmasi tanlab olinadi.
2. Ochilgan kolleksiyalar ro‘yxatidan kerakli shablonni tanlab olib, sahifada namuna sifatida
berilgan ma’lumotlarning o‘rniga yangi ma’lumotlar kiritiladi.
3. Keyingi usul foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra sahifa rangi, ramka va WordArt
obyektlarini tanlash orqali sarvaraq yaratadi.
1-mashq. Hammaga ma’lum “REFERAT” deb nomlanuvchi hujjat sarvarag‘ini yaratish.
Sahifaga ramka joylashtiramiz. WordArt obyektini tanlab, sahifadagi mavjud yozuv
o‘chiriladi va o‘rniga REFERAT so‘zi kiritiladi. Uning shrifti o‘lchamini referat so‘zini
yozishdan avval yoki keyin ham o‘zgartirish mumkin.
Asosiy amallar bajarilgandan so‘ng ikkilamchi yozuvlar kiritiladi:
1) maktab yoki tashkilot nomi;
2) bajardi: familiya, ism;
3) tekshirdi: familiya, ism;
4) shahar yoki tuman nomi va joriy sana.
2-mashq. WordArt obyektlari stillari yordamida reklama banneri uchun sahifa yaratish.
— sichqoncha ko‘rsatkichini WordArt obyekti piktogrammasi ustiga bosib, ochilgan
oynachadagi barcha stillar sahifaga joylashtiriladi;
— obyektlarni burish nuqtasidan foydalanib, ular turli holatlarda joylashtiriladi;
— sahifaga ijrochi xohishiga ko‘ra rang beriladi.
5– Informatika 5-sinf
|
| |