59
16-DARS.
HUJJATLARDA RASMLAR BILAN ISHLASH
59
bezash usullari, ranglar kombinatsiyalaridan foydalanish mumkin. Lekin rasmlarning chegara
qismi va soyasini turli usullarda ifodalash uchun avval uni hujjatga yuklab olamiz. Yuklangan
rasmni sichqoncha
bilan belgilab olgach, menyu tasmasidan Работа с рисунками ФОРМАТ
paneli faollashadi va undan ixtiyoriy dizayndagi rasm maketi tanlanadi.
1-mashq. MS Word dasturini ishga tushiring. Menyu bo‘limidan Вставка Фигуры
Основные фигуры – oynachasida oval va yurakcha shakllarini tanlang va rasmlar hosil qiling
Qo‘yilgan
rasmlarni burish uchun, uni belgilash, so‘ngra sichqoncha bilan burish nuqtasini
harakatga keltirish lozim. Shunda siz gul rasmini hosil qilish
uchun yurakchani turli
yo‘nalishda aks ettirishingiz mumkin.
2-mashq. Вставка Фигуры ko‘rsatmasini bajaring va hosil bo‘lgan oynachadan
geometrik shakllarni tanlab, sahifaga joylashtiring.
Shakllarga nom berish va rangini o‘zgartirish amallarini bajaramiz.
Shakl ichiga matn
kiritish uchun shaklni sichqoncha bilan belgilab, o‘ng tugmachani bosamiz va hosil bo‘lgan
kontekst-menyudan Добавить текст ko‘rsatmasini bajaramiz. Shakl ichida kursor paydo
bo‘lgach, unga nom kiritamiz.
Rectangle
Ellipse
Cube
3-mashq. Taomlar ro‘yxati (Menyu) varaqasini hosil qilamiz
va Параметры разметки
yordamida rasmlarni matnga nisbatan tekislash usullaridan foydalanamiz.