82
25-DARS.
GRAFIK MUHARRIRLARIDA FOTO VA RASMLARNI QAYTA ISHLASH
82
V BOB.
GRAFIK MUHARRIRLAR BILAN ISHLASH
Mavzuni o‘zlashtirish jarayonida .jpg va boshqa
formatlardagi rasmlarni yuklab, ularni turli
effektlarda
aks ettirish, fon (rasmi)ga matn hamda rasm joylashtirish ko‘nikmalarini hosil
qilamiz. Paint.Net dasturi menyusining Эффекты bo‘limini tanlaymiz va uning imkoniyatlari
bilan tanishib chiqamiz. Ko‘rib
turganingizdek, oynachada ochilgan rasmni turli usullar bilan
o‘zgartirib, undan boshqa rasm hosil qilish mumkin.
Кристаллизация
(Kristallashish)
Иней (Qirov)
Стеклянная плитка
(Shisha qoplama)
Набросок карандашом
(Xomaki rasm)
1-mashq. Paint.Net dasturini ishga tushiring. Файл Oкрыть Oбзор ko‘rsatmalarini
bajarib, biror rasmni yuklang va uni 500×400 o‘lchamga keltiring. So‘ngra Menyu Файл
Эффекты bo‘limiga kirib, effektlardan istalgan birini tanlang. Masalan:
2-mashq. Tabriknoma yaratish.
1. Rasm tanlab olingandan so‘ng, rasm ustida sichqonchaning
chap tugmachasi bosiladi va
kontekst menyudan “Открыть с помощью Paint.Net” ko‘rsatmasi bajariladi.
2. Dasturdan chiqmasdan, ikkinchi rasmni yuklab olamiz.
3. Endi rasmning orqa fonini o‘zgartiramiz. Buning
uchun uskunalar panelidan
“Sehrli
tayoqcha” tanlanadi va rasmning fon qismi ajratib olinadi. Ajratilgan qismni DEL tugmachasi
yordamida o‘chiramiz yoki menyuning “Edit (Правка)” - “Erase Selection (Очистить
выделенное)” ko‘rsatmasi orqali o‘chiramiz.