|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 31/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaOq-qora rangli plenka: Polietilen plyonkasining ushbu turi xam begona o‘tlarni o‘sishiga salbiy ta’sir kursatadi, tuproqni xaddan tashqari kizishidan asraydi. Shuningdek, o‘simliklarni xaddan tashqari kizishiga yul kuymaydi.
Kuk rangli selektiv plyonka – Bu plyonka turi o‘simliklarni kuz davrlarida, Isroilda esa kish faslida qo‘lupnay va boshqa o‘simliklarni Himoya qilish uchun foydalaniladi. Begona o‘tlarni o‘sishiga to‘sqinlik qiladi.
Ultrabinafsha nurlarini (UV) o‘tkazadigan stabillashgan plyonka. Plyonkaning bu turi tuproqni mulchalashda xam zararsizlan-tirishda (dezinfeksiya) foydalanib, kuchli yorug‘lik radiatsiyasiga chidamli. Plyonka 25-30 mikron (0,025- 0,03) ulchamda bo‘ladi.
Issiqxonalar odatda qurilish, inventar va foydali maydonlar bilan farqlanib ulvrni quyidagicha izoxlab aniqlanadi. Qurilish maydoni deganda issiqxonaning tashqi asosidagi (eni va buyi) ulchamlarini yig‘indisi tushiniladi. Inventarli maydonga (uskunalar bilan band bo‘lgan) issiqxona ning ichki (eni va bo‘yi) asosi bo‘yicha ulchamlarni yig‘indisi kiradi. Foydali maydonga bevosita ekinni ekilib yetishtirishda band bo‘lgan maydon kiradi. Bunga o‘simliklarni qator oralari o‘simliklar orasidagi yulaklar xam kiradi. Doimiy uskunalar turadigan va yulak bilan band bo‘lgan maydonlar kirmaydi.
Foydali maydonning inventar maydoniga bo‘lgan nisbati maydonidan foydalanish koefitsienti tashqil etib, u nishabi ikki tomonlama sukchakli issiqxonalarda 0,6 ni, yerni issiqxonalarda esa 0,8 ni tashqil etadi. Issiqxona ning xamma tusiladigan qismlari satxini (tomi, oldi, va yon tomonlari) inventar maydonga nisbati tusik koefitsienti deyiladi. Bu koeffitsient issiqxona ning maydoniga bog‘liq xolda: bir zvenoli issiqxona da 1,50-1,70, 40-1,50, blok tipidagi issiqxona da 1,20-1,40 ni tashqil etadi. Tusik koefitsienti kancha kichik bulsa, kapital jamgarma va xam 1 m2 inventar maydon xisobiga sarflanadigan issiqlik yo‘qotish shuncha kam bo‘ladi.
Zamonaviy issiqxonalar zavoda tayyorlangan detallardan yig‘iladi. Ularni sinchlari pishiq zanglamaydigan, usti ruxlangan po‘latdan tayyorlanadi.
Zamonaviy issiqxonalarni asosiy konstruktiv elementlariga fundament, sokol, ustunlar shamollatish, darchalari sinch shakli va uraladigan va yopiladigan qismi kiradi.
Issiqxona ning chekka to‘siqlari atrofidagi temir beton fundamentga, ustunlari yakka nuktadagi fundamentga tirkaladi. Tashqi devorning pastki (yer yuzidagi) qismi sokol deyiladi. U oynavand issiqxonalarda 0,3m ni, plyonkali issiqxonalarda 0,1m. Ustki egilgan qiyalik regel, gorizontal uzunasiga joylashtirilgan element progon deyiladi, uni vazifasi qiya qilib urnatilgan regellarni (strapullarni maxkamlab darchalar uchun kesaki o‘rnini xam bajaradi.
Progonlarga oyna turishi uchun shiroslar urnatiladi. Oynaning kalinligi 4 mm, eni esa 75 sm.
Shamollatish uchun ajratilgan tirkishlar (fortochkalar) issiqxona ustkiqismini 50% ni tashqil qiladi.
Ustki va yon tomondagi tusiklarni birlashtirib turuvchi element karzin deb yuritiladi. Ikki seksiya kiyaligi birlashgan yon devorni ustki qismiga suv yuradigan tarnov (jalob) urnatiladi undan atmosfera yogin suvlari okib chikib ketadi.
Issiqxonaning balandligi sarrov va korzinagacha ulchab aniqlanadi.
Zamonaviy issiqxonalarning ichki uskunalariga havo va tuproqni isitib beruvchi sistemalar, shamollatish, sugorish, oziklantirish, elektr bilan ta’minlash, SO2 gazi bilan boyitish, mikroiqlim sharoitlarini avtomatik sozlash, yer osti drenaj va sukchakchalar kiradi.
Angar issiqxonalarda aralash, suv trubali va koloriferli, blokli issiqxonalarda – suv trubali isitish sistemalari qo‘llaniladi. Blokli issiqxonalarda suv trubali isitish sistemalari 4 turdan iborat: (kontur) aylanma tuproq, usti va osti qismini isituvchi sistemalar.
Tuproqka ishlov berishda tuproq ustki qismini isitishdagi trubalar (registrlar) kutarilib zveno buylab urnatilgan ustunlarga osib qo‘yiladi. Isitish sistemasiga registrlar issiqqa bardosh beruvchi (termostoykiy) egiluvchan rezinkali shlangalar orqali ulanadi. Yer ustida urnatilgan qo‘lay isitkich trubalar bir vaqtda o‘simliklarni parvarishlash va xosilini yigishda qo‘llaniladigan aravachalar uchun yo‘naltiruvchi iz (rels) xisoblanadi.
Issiqxona da xonaning xaroratini isitish sistemasidagi suvning xarorati va shamollatish orqali sozlanadi. Buning uchun xar bir issiqxonalarda maxsus datchiklar urnatilgan bo‘lib bu jarayon avtomatlashtirilgan, suv xarorati pasayganda isitish sistemasida suvning xarorati kutariladi. Xarorat me’yoridan utib ketsa shamollatish darchalari ochiladi.
O‘simliklarni sugorish, yuqori va pastdagi plastmass trubalarga urnatilgan forso‘nkalar yordamida suvni yomgirlatib berish amalga oshiriladi. Bu sistema bo‘yicha o‘simliklarni yer ustki qismi oziklantiriladi. Sug‘oriladigann suvni isitish uchun maxsus tezkor isitkichlar ko‘zda tutilgan. Tuproqni shurlanishini oldini olish uchun uni xar yili yuviladi. Yuvilgan suvlar tuproq ostidagi kumli katlam (drenaj) dan utib xar 6 m da va 70-90 sm da chuqurlikdai joylashtirilgan 50 mm li sapol drenaj trubalar orqali umumiy kanalizatsiya sistemalariga tushib ketadi.
Zamonaviy issiqxonalarda karbonat angidrid gazini ta’minlovchi (UG-6) va Gazogeneratorlar bilan jixozlangan. Ular tabiiy gazda ishlaydi.
Umuman zamonaviy issiqxonalarda xarorat, havoning nisbiy namligi, SO2 gazini yetkazish, tuproq aralashmasini isitish, ko‘chat bulimida o‘simliklarni qo‘shimcha yorug‘lik bilan ta’minlash, mineral o‘g‘itlarni konsentratsiyasini nazorat qilish avtomatlashtirilgan. Mikroiqlim sharoitlari Germaniya va Rossiyada ishlab chiqilgan maxsus avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalar bilan jixozlangan.
Baxorgi plyonkali issiqxonalar kupincha yarim yoy shaklida kuriladi. Kup zvenoli issiqxonalarning maydoni 10000 m2 va bir zvenolarniki esa 1000 m2. Blokli issiqxonalarni zvenosini (seksiyasi) eni 4-6 m, bir zvenolarniki 9-18 m.
Plyonkali issiqxonalar zavoda tayyorlangan yogo chyoki yengil metaldan tayyorlangan konstruksiyaga ega. Ularda havo isitish maxsus havo koloriferlari, issiq chikaruvchi generatorlar yoki issiqlikni yo‘naltirish (ventilator) agregatlari orqali amalga oshiriladi. Maysalarni yetishtirishda tuproq ostida simlar yordamida isitish mumkin. Issiqxonalarni shamollatish yon tusiklarni ochish orqali ta’minlanishi mumkin.
Zamonaviy plyonkali issiqxonalarda havo xarorati va namligi, sugorish va oziklantiriladigan o‘g‘itlarni me’yorini nazorat qilish avtomatlashtirilgan.
|
| |