|
Kichik hajmli gidroponikani avzalligi va tarqalishi
|
bet | 29/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaKichik hajmli gidroponikani avzalligi va tarqalishi.
Kichik hajmli ekin – bu gidroponikani bir turi, bunda ekinlarni yetishtirish kichik (5-15 l) hajmli organik yoki mineral substratlarda amalga oshiriladi.
Bu usulda sabzavot ekinlarini yetishtirish dunyoda keng tarqalgan. U 100 ming ga oshiq issiqxona maydonini egallaydi va doimo kengayib bormoqda. Skandinaviya mamlakatlarida, Belorussiyada bu usul bilan sabzavotlar 80% ortiqroq, Niderlandiyada – 60% ortiroq issiqxonalarda yetishtiriladi. Bolgariya, Latviya, Ukraina, Rossiya Federatsiyasi kichik hajmli ekinlarga mo‘ljallan-gan issiqxona maydonlarini ko‘paytirmoqdalar. Latviyadagi «Riga» issiqxona kombinatida 14 ga issiqxona kichik hajmli gidroponika bilan band. Bu texnologiya bilan sabzavot yetishtiruvchi katta maydonli issiqxona MDH «Kiev sabzavotchilik fabrikasida», Moskva oldidagi «Marfino» sovxozida va «Niva» aksionerlik uyushmasida mavjud. Tropik va subtropik mamlakatlarda kichik hajmli gidroponika eski uslublarni borgan sari siqib chiqarmoqda. U bizda O‘zbekistonda ham keng tarqalib bormoqda.
Kichik hajmli gidroponikani qo‘llash issiqxonalarni, qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqsiz yerlarda qurish imkonini beradi, bu hozirda tez suratlar bilan o‘numdor tuproqlarga talab oshib borayotganda juda dolizarbdir.
Kichik hajmli gidroponika usuli suvni parlanib sarflanishini kamaytiradi, begona o‘tlarni, kasallik va nematodani tarqalishiga imkon bermaydi; u suv va o‘g‘itlarni iqtisod qilishni ta’minlaydi va atrof muhitni kamroq ifloslaydi.
Kichik hajmli gidroponika tuproq aralashmasidagi ekinlarga nisbatan o‘simliklarni o‘sishini tezlashtiradi va ularni hosildorligini 3-5 marta oshiradi, Chunki bunda yetishtirish sharoitlari va o‘simliklarni oziqlanishi maksimal tenglashadi va o‘simliklarda fiziologik jarayonlar jadalroq o‘tadi. Pomidor o‘simliklari eqilgandan so‘ng 75 kun o‘tgach 3 m balandlikka yetadi, bu tuproq-li ekinga nisbatan 4-5 marotaba ko‘pdir.
Kichik hajmli texnologiyada katta hajmdagi tuproq aralashmasini tayyorlashga, tashishga va tarqatishga, tuproqqa ishlov berish, har yili parlash yoki o‘suv davrida tuproq aralashmasida to‘planadigan zararkunanda va kasalliklarga qarshi kimyoviy ishlovlarni olib borish zaruriyati qolmaydi. Bunda ko‘rsa-tilgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun zarur texnika, uskuna va jihozlarni, pestitsid va boshqa materiallarni olishga sarflanadigan xarajatlar qisqaradi.
Sanitariya choralariga qa’tiy rioya qilinganda kichik hajmli gidroponika mehnat va kasallik va zararkunandalarga qarshi ko‘rashish uchun pestitsidlarga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga imkon beradi, bu yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlarini ekologik tozaligini oshiradi.
Kichik hajmli gidroponikadan foydalanish o‘simliklarni parvarish-lashni yengillashtiradi va ularni birmuncha o‘sishini tezlashtiradi, Chunki eritmani uzatish kompyuter nazoratida bo‘ladi. Bu hosillar orasidagi uzulishlarni qisqar-tirishga yordam beradi, Chunki o‘simliklarni o‘sish davriga ko‘ra turli substratlarga qayta o‘tkazish yo‘li bilan yetishtirish jarayonini birnecha bosqichlarga bo‘linishi (ko‘chatni yetishtirish, o‘stirib olish, asosiy hajmdagi substratga qayta o‘tkazish) ro‘y beradi.
Kichik hajmli gidroponika tuproqli ekinlar va agregatoponikaga qaraganda quyidagi avzalliklarga ega:
issiqxonalarni qurishda va qayta tiklashda kapital mablag‘larini kam ketishi;
muhitni kichik hajmliligi va mikro jarayonli texnika qo‘llanishi tufayli, ildiz joylashgan muhit sharoitlarini tezroq sozlanishi;
substrat hajmini kichikligi va parlanishni istisno bo‘lishi tufayli isitish uchun issiqlik energiyasidan unumli roq foydalanish;
substrat hajmini 15-30 marta kamayishi;
tomchilab sug‘orish substrat hamda o‘g‘itlarni (40% gacha) plyonka bilan o‘ralganligi tufayli suvni ko‘proq iqtisod qilinishi;
ekinlarni almashlash zaruriyatini yo‘qliligi;
standart mevalarni chiqishi va uni sifatini yaxshilanishi;
tashqiliy-texnologik darajani va mehnat o‘numdorligini oshishi;
odatdagi tuproqli ekinlarda tuproqlarni nordonligi va agrokimyoviy tarkibida ko‘pincha namoyon bo‘ladigan muammo vujudga kelmaydi.
Hosildorlikni oshishi, mehnat xarajatlarini qisqarishi resurslarni (man-balarni) iqtisod qilinishi tufayli kichik hajmli gidroponika yuqori iqtisodiy samara olishni ta’minlaydi.
Issiqxona sabzavotlarini gidropon usulda yetishtirishda vermiqo‘litni o‘zi-dan foydalanilmay, vermiqo‘lit kuydirilgandan so‘ng hosil bo‘lgan vermiqo‘litli substratdan foydalaniladi. Kondorskdaga Vermiqo‘lit koniga yaqin joylashgan N.A. Avronin nomli Qutub-Alsp botanika instituti kuydiradigan apparat va to‘rtinchi modifikatsiyali fraksiyalangan vermiqo‘litli substratlarni yangi avlodini ishlab chiqarishni tashqil qilgan. Elektr bilan kuydirilgandan so‘ng substratni har bir granulasi modifikatsiyasidan ka’tiy nazar plastinka slyudali (shaffof mineralli) «gormonga» aylanadi (17-rasm), substrat esa bir qator qimmatli fizik va kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lib, u boshqa foydalaniladigan substrat-lardan va tuproq-dan avzalligi bilan farq qiladi.
17-rasm
Vermiqo‘litli substratlar juda universal. Ularni giropon usulda xoxlagan ekinlarni yetishtirishda va tuproq aralashmalarini tayyorlashda qo‘shimcha komponent sifatida qo‘llaydilar. Ular urug‘larni g‘o‘l-lashda (drojalashda), qalamchalashda, meva va sabzavotlarni saqlash hamda tashishda qo‘llaniladi.
|
| |