Kichik hajmli gidroponika va substratsiz ekin




Download 16,04 Mb.
bet27/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Kichik hajmli gidroponika va substratsiz ekin
Kichik hajmli gidroponika uchun substrat sifatida parchalanish darajasi 15% dan ortiq bo‘lmagan sfagnali yuqori torf, turli tipdagi mineral paxta, perlit, vermoqo‘lit, seolit xizmat qiladi. Oxirgi yillarda kokosli substrat va uni perlit bilan aralashmasi keng tarqalib bormoqda.
Kichik hajmli gidroponikadagi substratlarni tuproq aralashmasidan farqi shundaki, ular suvni kam ushlab turish qobiliyatiga ega bo‘ladi va oson quriydi, shu bois kam miqdordagi suv bilan uzoq vaqt sug‘orishni talab qiladi. Ular juda past buferlikka ega, bu mineral o‘g‘itlarni tez-tez solishni talab qiladi. Kichik hajmli gidroponika uchun foydalaniladigan substratlar quyidagi qo‘llash xossalari va xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Yuqori torf sfangali botqoqliklarni yuqori qismidan tayyorlanadi, u past darajali parchalanishga va kam qo‘llikga ega. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha u oqish, tolali, quruq massa hisobiga uglevod va gumin kislotalaridan iborat 50% ga yaqin organik moddalardan tarkib topgan. Tarkibida azot miqdori yuqori (20-30%), ammofosfor (0,5%) va kaliy (0,15%) past. U suvni yaxshi singdirish va havoni o‘t-kazish xususiyatiga, suvni ko‘proq shimish qobiliyatiga va yuqori buferlikka ega.
Yuqori torfni turli markali toylar va quruq presslangan plitalar ko‘rin-ishida qo‘llaydilar, ularni qo‘llash, substratni yetkazib kelishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi. MYuT (moxli yuqori torf) markali va «Novobalt» torfi 50 kg vaznli toylarda keltiriladi, ular namlangandan so‘ng 250-300 kg gacha kattalashadi. Belorussiyadagi «Seda» va «Dvina» korxonalari STP-1 va STP-2 (to‘yimli torfli substrat) markali torfni ham toy ko‘rinishida chiqaradi, ammo ular neytrallashtirilgan, o‘g‘itlar va shu jumladan mikroelementlar bilan ham boyitilgan. Rossiyada «Fornosovo» (Leningrad viloyati) korxonasi kattaligi 29×29×5 sm vazni 2 kg li, quruq presslangan va plyonkaga o‘ralgan torf plitalarini (taxtalarini) chiqaradi. Namlangandan so‘ng ularni hajmi 3 marta kattalashadi. Rossiyada (Tver shahri) ZAO «Sipeger-Xolding» eksklyuziv kompaniya vakili «Klasmann-Deilmann» asosan torfli substrat chiqaradi. Adler sabzavotchilik tajriba stansiyasi tomonidan xo‘l presslangan torf plitalar ishlab chiqarilgan.
Torfni qo‘lashni eng ratsional usuli – konteynerli ekin va lotoklarda yetishtirish.
Lotoklarda yetishtirilganda, lotok tubiga 2-3 sm qalinlikda maydalangan tosh solish tavsiya etiladi, u substratdan drenaj suvini chiqib ketishini yaxshilaydi. Substratni yuqori qatlami qurib va zahlanib ketishini oldini olish uchun, lotoklar ustidan oq-qora plyonka yopish kerak. Ukrainada lotoklarni qo‘llash tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bunda teng miqdorda torf va agroperlit (2-5 mm fraksiyali) aralashmasidan foydalanish juda samarali ekan. Bu substratda ildiz tizimini rivojlanishi uchun maqbul suv-havo tartibotini oson saqlashga imkon beradi. Torf o‘simliklarni mustahakam bog‘lovchi yuqori ko‘rsatkichli – 9-17% hajmini namlikka ega ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Shu bois kampyuterli dastur yordamida (drenajni) zahini mavjudligi va uni kimyoviy tarkibini kuzatib borish kerak. Qishda drenaj sug‘orish me’yoridan 3-5% ni, bahorda va yozda esa – 10-25% va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda torfni yo‘qligi, uni boshqa davlatlardan keltirish qiyinligi va qimmatliligi tufayli kichik hajmli ekinda yuqori torfdan substrat sifatida deyarli foydalanilmaydi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kichik hajmli gidroponika va substratsiz ekin

Download 16,04 Mb.